Salim Abduvaliyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Salim Qirgʻizboyevich Abduvaliyev
Салим Кыргызбаевич Абдувалиев

Salim Abduvaliyev tasviri
Tavalludi 5-may 1950-yil (1950-05-05) (73 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Mukofotlari

Salim Qirgʻizboyevich Abduvaliyev (Салим Қирғизбоевич Абдувалиев; 1950-yil 5-mayda Toshkent shahrida tugʻilgan) — oʻzbekistonlik yirik tadbirkor, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti, shuningdek, metsenat va mashhur sport ustasi sifatida ham tanilgan shaxs[1]. Oʻzbekistonning eng boy odamlaridan biri[2].

Xayriya ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Salimboy Oʻzbekiston boʻylab bolalar sportini rivojlantirishda oʻzining hissasini qoʻshib kelgani aytiladi. U, shuningdek, bolalar uylarida erkin kurash toʻgaraklarini tashkil qilgan va koʻplab sportchilarning xalqaro musobaqalarda qatnashishida koʻmak bergan[3].

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

U oilali, 4 nafar qizi (Gulnoza, Goʻzal, Nilufar, Saodat) va 2 nafar oʻgʻli (Sardor, Jasur) bor. Hozirda Toshkent shahar Yashnobod tumanida istiqomat qiladi.

Hibsga olinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023-yilning 3-dekabr kuni Salim Abduvaliyev Toshkentning Fayzobod dahasida joylashgan uyida qo‘lga olingan[4]. 4-dekabr kuni Salimboyvachchaga nisbatan tergovga qadar surishtiruv boshlangani xabar qilindi[5].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustozi (29.08.2021)[6].
  • Ludwig Nobel mukofoti (27.03.2022)[7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Salim Abduvaliev MOQ vitse-prezidentligiga saylandi
  2. https://upl.uz/sport/21638-news.html
  3. „Mafiozmi yoki saxovatpesha?“ (uz). Озодлик радиоси (2012-yil 28-fevral). Qaraldi: 2023-yil 5-dekabr.
  4. „“Salimboyvachcha” – Salim Abduvaliyev qo‘lga olindi“ (uz). Qalampir.uz. Qaraldi: 2023-yil 5-dekabr.
  5. „OAV: Salim Abduvaliyev (“ (uz-Latn). Газета.uz (2023-yil 4-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 5-dekabr.
  6. https://olamsport.com/oz/news/yubiley-muborak-salimboy-abduvaliev
  7. „Zamestitel predsedatelya NOK, glava Assotsiatsii sportivnoy borbi Uzbekistana Salim Abduvaliev udostoen premii Nobelya“. 2022-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-aprel.