Asalxoʻr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Asalxo‘r (Mellivora capensis) — suvsarlar oilasiga mansub sut emizuvchi hayvon. Tanasining uz. 68 — 75 sm, dumi 17 — 20 sm. Oyoqlari kalta, panjalari keng bo‘lib, kuchli tirnoqlari yerni kovlash uchun moslashgan. Junlari siyrak va qattiq. Tanasining pastki tomoni qora-oq, ustki tomoni oqish. Afrika, Old, O‘rta va Jan. Osiyo (Hindiston)da tarqalgan. O‘rta Osiyoda Turkmaniston jan.da uchraydi. Uyada hayot kechiradi, 3 — 4 ta bola tug‘adi. Mayda umurtqalilar va hasharotlar, jumladan arilar va asal b-n oziqlanadi. Juda noyob, kam o‘rganilgan, muhofaza qilinadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil