Arximed
| Arximed | |
| Αρχιμήδης | |
| Tavallud sanasi: | mil. avv. 287 |
| Tavallud joyi: | Sirakuza |
| Vafot sanasi: | mil. avv. 212 |
| Vafot joyi: | Sirakuza |
| Bilimi: | Matematika, Mexanika, Injineriya |
Arximed (yunon. Ἀρχιμήδης; mil. avv. 287—212) Sirakuzalik qadimgi yunon olimi, fizik, matematik, mexanik va muhandis boʻlgan. Arximed o‘sha zamonning yirik ilmiy markazi — Iskandariyada taʼlim olgan. Rimliklar Sirakuzani bosib olishi paytida o‘ldirilgan. Arximed richag qonunlarini topgan, uning nomi bilan yuritiladigan gidrostatika qonunini ochgan. Matematikaga oid bir qator ishlari orasida uning usuli yordamida egri chiziqlarning uzunligini hisoblab topish, yuza va hajmlarni aniqlash katta o‘rin tutadi. Arximed ekin maydonlarini sug‘orish mashinalari, yuklarni ko‘tarish uchun mo‘ljallangan richag va bloklar tizimlari, harbiy irg‘itish mashinalari, qotishmalarning tarkibini suyuqlik (suv)da aniqlash usuli va boshqa ko‘p kashfiyotlarning muallifi. Ko‘p asarlari bizacha yetib kelmagan.Arximedning ochgan qonunlari uning yanada mashhur boʻlishiga olib keladi. Koʻpchilikka maʼlum boʻlgan „Arximed kuchi“ yoki „Arximed qonuni“ deb nomlangan qonun fizika fanida alohida oʻrin egallaydi. U yana Richag qonunlarini ochgan. Miloddan avvalgi 212-yilda rimliklar Sirakuzani bosib olgandan soʻng Arximed oʻldirilgan. [1]
Manbalar [tahrir]
Havolalar [tahrir]
- Греческие тексты сочинений
- Tarjimai hol на univer.omsk.su.
| Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |