Richag

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Richag — katta kuchni kichik kuch bilan muvozanatlaydigan oddiy mexanizm. Tayanch nuqtasiga ega boʻlgan qattiq jismdan iborat. U tayanch nuqtadan oʻtuvchi tekislikdagi kuchlar taʼsirida boʻladi. Agar kuchlar tayanch nuqtaning ikki tomonida joylashgan boʻlsa, bunday richag 1-tur, agar kuchlar tayanch nuqtaning bir tomonida joylashgan boʻlsa, 2-tur richagi deb ataladi. Richag muvozanatda boʻlishi uchun tayanch nuqtaga nisbatan olingan kuchlar momentlari yigʻindisi nolga teng bulishi kerak. Richag dvigatellar, presslar, bolgʻalash mashinalari va mexanizmlarda ishlatiladi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil