And oʻrdagi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
And oʻrdagi

chapda ayolli, oʻngda erkagi
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Qushlar
Turkum: Gʻozsimonlar
Oila: Oʻrdaklar
Urugʻ: And oʻrdagi, Merganetta (1842)

And oʻrdagi[1], yoki oqim oʻrdagi[1] (lotincha: Merganetta armata), - suv qushlarining turi, o'rdakdoshlar oilasiga mansub. And oʻrdaklari jinsining yagona vakili Merganetta. Ular Chili va Argentinada juda keng tarqalgan.

Tashqi ko'rinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

And oʻrdakining uzunligi 43-46 sm ga, ogʻirligi esa 315-440 grammgacha yetishi mumkin. And oʻrdaklarining oʻziga xos xususiyati bu - uzun dum patlari.

Voyaga etgan parrandalar patlari kichik turlarga qaraganda katta farq qiladi, barcha turdagi oʻrdaklarda umumiy oq bosh patlari va bosh va boʻyin boʻylab egilgan qora chiziqqa ega. Tanadagi patlar toʻq raglarda boʻladi, ba'zi kichik turlarida qisman jigarrang patlari mavjud.

Kichik turnlardagi erkaklari qizil tumshuqga ega. Urgʻochilar biroz kichikroq, qora boshli va quyuq qizil-jigarrang dum patlarga ega. Yosh qushlarning patlari orqa tomonida kulrang, qorni oq rangda boʻladi.

Hayot tarzi[tahrir | manbasini tahrirlash]

And oʻrdaklari oʻz uyalarini gʻorlarda, toshlar orasida va baland oʻtlarda quradilar. U asosan quruq oʻtlardan iborat boʻladi.

Qoida tariqasida, And oʻrdaklari 3-4 tuxum qoʻyadi. Inkubatsiya muddati 43-44 kundan iborat. Joʻjalari qora va oq rangda yʻol-yoʻl yoki dogʻlarga ega boʻlishadi.

Yoyishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

And oʻrdaklari Janubiy Amerikada Venesueladan Chili va Argentinagacha yashaydi. Ular yashash hududa joʻylashgan tez-oqimli togʻ suvlarini hush koʻrishadi. And oʻrdaklari odatda yuqori balandliklarda, 1200-4500 metr atrofida uchadi.

Xonakilashtirish[tahrir | manbasini tahrirlash]

And oʻrdaklari asirlikda juda kam uchraydi. Bundan tashqari, hozirgi kunga qadar bu turni uzoq vaqt davomida xonakilashtirish muvaffaqiyatsiz oʻtagan. Eng katta muammo - bu oʻrdaklarning ichki parazitlarga, infektsiyalarga va zamburugʻ kasalliklariga nisbatan yuqori zaifligi deb hisoblanadi. Oʻrdaklar ham shu tarzda bir-biriga nisbatan tajovuzkor boʻlib qolishadi.

Tasniflash[tahrir | manbasini tahrirlash]

6 ta kenja turi mavjud[2] :

  • M.a. colombiana - g'arbiy Venesuela, shimoliy Kolumbiya, markaziy Ekvadorga ;
  • M.a. leucogenis - shimoliy Peru ;
  • M.a. turneri - janubiy Peru, shimoliy Chili ;
  • M.a. garleppi - Shimoliy Boliviya ;
  • M.a. berlepschi - janubiy Boliviya, shimoli-g'arbiy Argentina ;
  • M.a. armata - g'arbiy Argentina, Chili.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Коблик Е. А., Редькин Я. А. Базовый список гусеобразных (Anseriformes) мировой фауны // Казарка, № 10 (2004). — С. 15—46.
  2. Dunyo qushlari roʻyxati Международного союза орнитологов (IOC World Bird List version 3.3)