Parazitizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Parazitizm (yun. parasitos — tekinxoʻr, hamtovoq, parazit va ismos — kasallik holati) — (biologiyada) oziklanish orqali bogʻlangan va oʻzaro moddalar almashinuviga asoslangan, genetik jihatdan turlicha boʻlgan organizmlarning tarixiy shakllangan assotsiatsiyasi. P.da bir organizm (parazit) ikkinchi organizm (xoʻjayin)dan yashash muhiti va ozik, manbai sifatida foydalanadi: ikkala organizm ham oʻzaro antagonistik munosabatda boʻladi. Bundan tashqari, parazit—xoʻja-yin munosabatlari organizmda immunobiologik reaksiyalarni keltirib chiqaradi. Hayvonot dunyosining deyarli barcha tiplarida parazitlik bilan hayot kechiruvchi turlar mavjud. Baʼzi bir sinflar (soʻrgʻichlilar, tasmasimonlar), hatto tiplar (sporalilar, mikrosporidlar, tikanboshlilar) faqat parazit turlarni uz ichiga oladi. Boʻgʻimoyoqlilar tipida parazitlar hasharotlar va oʻrgimchaksimonlar sinfi vakillari orasida koʻp uchraydi. Umuman Yer yuzida mavjud boʻlgan hayvonlar turining 60—65 mingi (4—5%) parazit hayot kechiradi. "P." terminining kelib chiqishi Yunonistonda, Perikl davrida (mil. av. 5-a.) mavjud qonunga asosan, koʻzga koʻringan davlat arboblari keksalik yoshida davlat qaramogʻiga oʻtishgan. Ular uchun qurilgan maxsus pansionlar parasitariya, u yerda yashovchilar esa paras(z)itlar deb atalgan. Rim imperiyasi davrida parazit soʻzi oʻzgalar hisobiga yashovchi maʼnosini anglatib, hozirgi kungacha saqlanib qolgan. Bu soʻz biol., veterinariya va tibbiyotda ham xuddi shu maʼnoda kirib kelgan boʻlib, boshqa organizm (xoʻjayin) toʻqimalari yoki hazm qilgan oziq moddalar bilan oziqlanadigan, uning ichki organlari yoki tana yuzasida vaqtincha yoki doi-miy yashaydigan organizmni anglatadi. Rus olimi R. S Shulsning fikricha, P.ning 1- mezoni uning yashash joyi; 2- oziklanish usuli (metabolitik bogʻliqligi) va 3- xoʻjayin organizmiga patogen taʼsiridan iborat. I. I. Mechnikov parazitizmni boshqa organizmlar hisobiga yashovchi va oziqlanuvchi jonivorlardebtaʼriflagan. P. bilan boglik hodisalar odam va hayvonlarda ancha batafsil oʻrganilgan boʻlishiga karamay, uning kelib chiqishi va shakllanishi masalalarining koʻp jihatlari hozirgacha maʼlum emas. Bu avvalo hayvonlar evolyusiyasi bilan bogʻliq.

Yashash joyiga koʻra, P. tashqi — ektoparazitizm (parazit xoʻjayin tana-sining tashqarisida yashaydi) va ichki — endoparazitizm (parazit xoʻjayin organizmi ichida yashaydi), yashash mud-datiga koʻra, vaqtinchalik (parazit hayotining maʼlum bir qismi parazitlik bilan oʻtadi) va doimiy (statsionar) (parazitning hamma rivojlanish bos-qichlari parazitlik bilan hayot kechira-di) boʻladi.

Parazitlarni oʻrganish va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish bilan parazitologiya, gelmintologiya, mikrobiologiya, virusologiya va fitopatologiya shugʻullanadi. Evolyusiya jara-yonida organizmlar oʻrtasida turli xil biologik, xususan, indifferent (be-taraf), simbioz (oʻzaro foydali), an-tagonistik (qaramaqarshi) munosabatlar vujudga kelgan.

Indifferent munosabatdagi organizmlar bir xil sharoitda va bitta hududda birgalikda yashab, bir-biriga foyda yoki ziyon keltirishmaydi (mas, dengiz ostida yashovchi aktiniyalar, dengiz yulduzlari, qisqichbaqasimonlar).

Simbioz munosabatda 2 yoki undan ortiq organizmlar oʻzaro manfaatdorlikda yashaydi. Bu munosabatlar asosida ijarada yashovchanlik (sinoykiya) va oziklanish orqali bogʻlanish (kommensalizm) yotadi. Barcha parazitlar evolyusiya jarayonida erkin yashovchi orga-nizmlardan, koʻpchilik ektoparazitlar esa yirtqichlar oziklanish muddatining asta-sekin uzayishi natijasida kelib chiqqan. Ektoparazitlar, ayniqsa, boʻgʻimoyoqlilar orasida koʻp uchraydi. Uzok, evolyusiya jarayonida boʻgʻimoyoqlilar umurtqali qayvonlar bilan oziklanish tufayli bogʻlanishda boʻlishi orqali asta-sekin ektoparazitlarga aylanib borgan. Kanalar, parxoʻrlar, patxoʻrlar, junxoʻrlar, bitlar va burgalar xuddi shu yoʻl bilan vujudga kelgan. Koʻpchilik umurtqasizlarning umurtqali hayvonlar terisi, jabra yoriklari yoki boshqa organlariga yopishib hayot kechirishi, ular asta-sekin botib kirib oziklanishga utishi tufayli ektoparazitlarga aylanib borgan. Infuzoriyalar va parazit qisqich-baqasimonlar bunga misol boʻladi. Baʼzi hasharotlarning lichinkalari quruqlikdagi umurtqali hayvonlarning parazitlari hisoblanadi. Dastlab bu lichinkalar yaralardagi nobud boʻlgan toʻqimalar yoki oʻlgan hayvonlar bilan oziqlangan. Keyinchalik ular tirik toʻqimalar bilan oziqlanishiga moslashib, haqiqiy parazitlarga aylangan. Endoparazitlarning kelib chiqishi koʻp jihatdan ektoparazitlarning evolyusiyasi bilan bevosita bogʻliq. Terida parazitlik qiluvchi infuzoriyalarning bir guruhi va hasharotlar lichinkalari shu tariqa endoparazitlarga aylangan. Rus olimi V. A. Dogelning fikricha, erkin yashovchi umurtqasiz hayvonlarning sistalari, tuxumlari yoki lichinkalari tasodifan ovqat hazm qilish organlariga tushib qolib, u yerda rivojlanishni davom ettirishi natijasida endoparazitlarga aylanib qolgan. Koʻpchilik bir hujayralilar va nema-todalar shu yoʻl bilan kelib chiqqan boʻlishi mumkin. Qon parazitlari P.ga yuksak darajada moslashgan boʻlib, dastlab ular ichakda parazitlik qilgan, keyinchalik turli yoʻllar bilan qonga oʻtib, u yerda yashashga muvofiklashgan boʻlishi mumkin. Parazitlarning hayot sikli va tarqalishini oʻrganish ularga qarshi kurash va, ayniqsa, kasallik-darning oldini olishda juda muhim. Bunda parazitlar, parazit tashuvchi va oraliq xoʻjayinlar dorilar yordamida yoʻqotiladi. Parazit (zararkunanda) oʻsimliklarga qarshi biologik kurashdan (mas, parda qanotli hasharotlar — yaydoqchilardan) keng foydalaniladi.

Adabiyot[tahrir]

  • Abuladze K. I. i dr., Parazitologiya i invazionnie bolezni selskoxozyaystvennix jivotnix, M., 1990; Akbayev M. Sh. i dr., Parazitologiya i invazionnie bolezni jivotnix, M., 2000.

Jaloliddin Azimov, Erkinjon Shakarboyev. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil