Amerika Qoʻshma shtatlari — Turkmaniston munosabatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Amerika Qoʻshma shtatlari — Turkmaniston munosabatlari

AQSh

Turkmaniston

Amerika Qoʻshma shtatlari — Turkmaniston munosabatlari — Turkmaniston va AQSh oʻrtasida diplomatik munosabatlar 1992-yil fevral oyida oʻrnatilgan. Ikkala mamlakat ham EXHT va BMTning toʻla-toʻkis aʼzolari.

Diplomatik vakolatxonalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turkmanistonning AQShdagi elchixonasi 1994-yilda poytaxt Vashington shahrida ochilgan. 2001-yil martidan elchixonani Turkmanistonning AQShdagi Favqulodda va muxtor elchisi Mered Orazov boshqaradi[1].

Ashxobodda joylashgan AQShning Turkmanistondagi elchixonasi 1992-yil 17-martda ochilgan. Allan Filipp Xardal hozirda AQShning Turkmanistondagi elchisi[2][3]. 2015-yil oktabridan AQShning yangi elchixonasi uchun binolar majmuasi qurilmoqda[4]. AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi ham Ashxabodda joylashgan.

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

1994-yil 1—7-fevral kunlari Prezident Saparmurat Niyozov Xyuston shahrida norasmiy tashrif bilan boʻlib, u yerda tibbiy koʻrikdan oʻtdi. U qon qotib qolgan trombni olib tashlash uchun rejalashtirilgan operatsiyani oʻtkazgan. 1995-yil oktabrda Prezident Niyozov BMT Bosh assambleyasining 55-sessiyasida ishtirok etish uchun Nyu-York shahriga amaliy tashrif bilan kelgan.

Turkmanistonning AQShdagi elchixonasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

John Kerry Ashxobodda

Turkmanistonning AQShdagi elchixonasi (Vashington) 1994-yilda ochilgan. Elchixona Massachusetts shoh koʻchasi, 2207, Vashington shtatida joylashgan.

2001-yil mart oyidan elchixonani Turkmanistonning AQShdagi Favqulodda va muxtor elchisi Mered Orazov boshqarib kelmoqda.

Elchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Halil Ugur (1994—2001)
  2. Mered Orazov (2001—hozirgacha)

AQShning Turkmanistondagi elchixonasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

AQShning Turkmanistondagi elchixonasi (Ashxobod) 1992-yil 17-martda ochilgan. 2014-yil iyul oyidan elchixonani AQShning Turkmanistondagi favqulodda va muxtor elchisi Filipp Xardal boshqarib kelmoqda.

Elchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Jozef Xyuglings (1992—1995)
  2. Maykl Kotter (1995—1998)
  3. Stiven Mann (1998—2001)
  4. Laura Kennedi (2001—2003)
  5. Treysi Jeykobson (2003—2007)
  6. Richard Xogland (2007—2010) Muvaqqat ishlar vakili
  7. Robert Patterson (2011—2014)
  8. Filipp Xantal (2014—hozirgacha)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]