Buyuk Britaniya — Turkmaniston munosabatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Buyuk Britaniya — Turkmaniston munosabatlari — Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi va Turkmaniston oʻrtasida 1992-yil 23-yanvardan boshlab oʻrnatilgan ikki tomonlama diplomatik munosabatlar.

Turkmanistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turkmanistonning Buyuk Britaniyadagi (Londondagi) elchixonasi 1995-yilda ochilgan. Elchixona joylashgan manzil: 131 Holland Park Avenue, Kensington, London W11, 4UT.

2003-yil iyun oyidan boshlab elchixonani Turkmanistonning Buyuk Britaniyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Yazmurod Seryaev boshqarmoqda.

Elchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Murod Choriyev (1996—1999);
  2. Chori Boboyev (1999—2003);
  3. Yazmurad Seryaev (2003—hozirgacha).

Buyuk Britaniyaning Turkmanistondagi elchixonasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turkmanistondagi Buyuk Britaniyaning elchixonasi 1995-yilda ochilgan. Elchixona joylashgan manzil: 744001, Ashxobod, Maxtumquli shoh koʻchasi, 14-uy, „Ak Altyn“ mehmonxonasi, 3-qavat.

Turkmanistonda elchixona ochilishidan oldin Buyuk Britaniyaning Rossiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Brayan Fall bir vaqtda ikki davlat uchun akkreditatsiyadan oʻtgan.

2019-yildan boshlab Elchixonani Buyuk Britaniyaning Turkmanistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Xyu Stenli Filpott boshqarib kelmoqda.

Elchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Brian Fall (1992—1995)
  2. Neil Hook (1995—1998)
  3. Fraser Wilson (1998—2002)
  4. Paul Brummell (2002—2005)
  5. Peter Butcher (2005—2010)
  6. Keith Allan (2010—2013)
  7. Sandjay Wadwani (2013—2016)
  8. Vivia Ebbot Uott (2016—2019)
  9. Hugh Stanley Philpott (2019—hozirgacha)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]