Belgiya — Turkmaniston munosabatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Belgiya — Turkmaniston munosabatlari — Belgiya Qirolligi va Turkmaniston oʻrtasida 1993-yil 1-fevraldan boshlab oʻrnatilgan ikki tomonlama diplomatik munosabatlar.

Turkmanistonning Belgiyadagi elchixonasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turkmanistonning Belgiyadagi elchixonasi 1997-yilda ochilgan. Elchixona joylashgan manzil: Bryussel, Bulvar General Jak 15, 1050.

2016-yil fevral oyidan boshlab elchixonani Turkmanistonning Belgiya Qirolligidagi Favqulodda va muxtor elchisi Ata Serdarov boshqarib kelmoqda.

Elchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Niyozklych Nurklychev (1997—2004);
  2. Kakadjan Mommadov (2005—2016);
  3. Ata Serdarov (2016—hozirgacha).

Belgiyaning Turkmanistondagi vakolatxonasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Belgiyaning Turkmanistondagi diplomatik vakolatxonasi 1995-yilda ochilgan. Turkmaniston hududida Belgiya Qirolligining elchixonasi mavjud emas. Shu sababli Belgiya elchilari 1995—2010-yillar oraligʻida Turkiya poytaxti Anqaradagi elchixonada Turkmaniston boʻyicha aloqalarni yuritgan. Bugungi kunda elchilar oʻz vakolatlarini Ozarbayjon poytaxti Bokudagi elchixonada davom ettirmoqda.

2014-yilning yanvaridan Belgiyaning Ozarbayjondagi Favqulodda va muxtor elchisi Karin Petit bir vaqtning oʻzida Turkmanistonda ham akkreditatsiyadan oʻtgan va ikki joyda ham elchi vazifasida ishlaydi.

Elchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Mishel Adam (1995—2000)
  2. Yan Matthisen (2000—2004) (qarorgohi Anqarada)
  3. Mark Van Risselberghe (2004—2009)
  4. Pol de Vitte (2009—2012)
  5. Lyuk Truyens (2012—2014)
  6. Karine Petit (2014—hozirgacha) (qarorgohi Bokuda)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]