Algoritm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻtish: foydalanish, Qidir

Algoritm - berilgan natijaga erishish uchun qilinishi kerak boʻlgan aniq koʻrsatmalar ketma-ketligi. Algoritm keng maʼnoda faqat kompyuterga oid atama boʻlmay, balki unda berilgan koʻrsatmalarni bajara oluvchi har qanday narsaga oiddir.

[tahrir] Atama tarixi

"Algoritm" atamasi mashhur matematik, yurtdoshimiz Al-Xorazmiy nomi bilan bogʻliq boʻlib uni lotinlashtirilishidir. Bizga maʼlum boʻlgan eng qadimiy algoritm bu Yevklid algoritmidir. Algoritmlar nazariyasi, ayniqsa, XX asrda juda rivojlanib, u bilan Tyuring, Post, Chyorch, Viner, Markov, Kolmogorov kabi yuksak olimlar shugʻullanishgan.

[tahrir] Algoritm xususiyatlari

  • Aniqlik(deterministik) - har bir vaqtda algoritmning keyingi qadami uning mazkur holati bilan toʻliq aniqlanadi.
  • Tushunarlilik - algoritm faqat uni bajaruvchisi uchun tushunarli buyruqlardan iborat boʻlishi shart.
  • Yakunlanishi - algoritm albatta chekli qadamdan soʻng yakunlashishi lozim.
Shaxsiy uskunalar
Nomfazolar

Variantlar
Koʻrinishlar<!--Views-->
Amallar
O‘zbek viki / Ўзбек вики
ishtirok / иштирок
o‘zgarishlar / ўзгаришлар
asboblar (ʻ ʼ)
Boshqa tillarda