Parametr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Parametr (yunoncha: parametron — oʻlchaydigan) — 1) matematik formula va ifodalarda qoʻllaniladigan kattalik. Parametr qiymatlari orqali biror toʻplam elementlari bir-biridan farqlanadi. 2) texnikada — texnologik jarayon, hodisa, tizim, texnik qurilma va boshqalarning biror xossasini ifodalaydigan kattalik. Mas, mexanik tizimlarda massa, ishqalanish koeffitsiyenti, inersiya momenti va h.k.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil