Aleksandr Beylinson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aleksandr Beylinson
Tavalludi 13-iyun 1957-yil (1957-06-13) (66 yosh)
Moskva, Sovet Ittifoqi
Fuqaroligi Rossiya
Sohasi Matematika
Ish joylari L. D. Landau nomidagi nazariy fizika instituti
Massachusetts texnologiya instituti
Perspektiv tadqiqotlar instituti
Chicago universiteti
Taʼlimi Maryland universiteti, College Park
Princeton universiteti
Akademik rahbarlari Yuriy Manin
Mashhur shogirdlari Lorenzo Ramero
Mashhur ishlari Gavdalantirish teoriyasi, algebraik geometriya, matematik fizika boʻyicha ishlari
Lie-* algebrasi
Mukofotlari Ostrovskiy mukofoti (1999)
Wolf mukofoti (2018)

Aleksandr Beylinson (inglizcha: Alexander Beilinson) (1957-yil 13-iyunda tugʻilgan) — sovet ittifoqilik va amerikalik matematik. Gavdalantirish teoriyasi, algebraik geometriya, matematik fizika sohalariga qoʻshgan hissasi bilan tanilgan. 2018-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.

Beylinson 1988-yil Moskva davlat universitetidan fizika-matematika fanlari nomzodi darajasini olgan. Olim L. D. Landau nomidagi nazariy fizika instituti, Massachusetts texnologiya instituti, Perspektiv tadqiqotlar institutida ishlagan. 1998-yilda beri Chicago universitetida ishlab keladi.

Beylinson 1980-yillarda algebraik K teoriya ustida ishladi. Xususan, Pierre Deligne bilan hamkorlikda Don Zagierning polilogarifm boʻyicha taxminlarining motivik tahlili ustida ishladi. 1990-yillardan boshlab esa olim Vladimir Drinfeld bilan hamkorlikda choʻqqi operatorlari algebrasi ustida ishladi.