Albaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Albaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi (albancha: Kombëtarja e Femrave) xalqaro ayollar futbolida Albaniya sharafini himoya qiladi. Albaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi faoliyati shtab-kvartirasi Tirana shahrida joylashgan Albaniya Futbol Uyushmasi tomonidan nazorat qilinadi. Albaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi UEFA konfederatsiyasi tarkibiga kiradi va shu vaqtga qadar ikkita yirik professional turnirda (FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati va UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevropa chempionati saralash oʻyinlari) ishtirok etgan.

Albaniyada ayollar futboli uzoq vaqtlarga qadar eʼtiborsiz qoldirilgan. Xususan, birinchi Albaniyadagi qayd etilgan turnir 2007-yilda, (2009-yilda mamlakatdagi yagona ayollar ligasi boʻlgan Albaniya ayollar milliy chempionatin tashkil qilingandan atigi 2 yil oldin) boʻlib oʻtgan. Lekin asta-asta ayollar o‘rtasida sportning ommaviyligi oshishi natijasida 2011-yilda Albaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi tashkil etilgan. Albaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi Shimoliy Makedoniya ayollar milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qilishgan va oʻsha oʻyin 1:0 hisobidagi Albaniya ayollar milliy futbol terma jamoasining g‘alabasi bilan yakunlangan.

Hozirgi Albaniya ayollar milliy futbol terma jamoasining bosh murabbiyi Armir Grimaj hisoblanadi. U 2011-yildan 2016-yilgacha jamoani boshqargan Altin Rraklli o‘rniga 2016-yilda bu lavozimga tayinlangan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Albaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2011-yilda tashkil etilgan va 2011-yil 5-may kuni Gjorgji Kychyku stadionida Shimoliy Makedoniya ayollar milliy futbol terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qilgan[1]. Uchrashuv 1:0 hisobida Albaniya ayollar milliy futbol terma jamoasining ilk g‘alabasi bilan yakunlandi va yarim himoyachi Aurora Seranaj Albaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi uchun birinchi golni urdi[1].

2011-yil oxiriga kelib Albaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi Albaniya ichki ligasi jamoalaridan (xususan, Furtuna Velaj, Dafina Memedov, Ellvana Curo, Elizabeta Ejupi, Arjeta Krasniqi and Arbnora Robelli) ayol futbolchilarni oʻz tarkibiga olish bilan o‘z tarkibini kuchaytirib bordi. Albaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi Struga shahrida safarda Makedoniya ayollar terma jamaosi ustidan ikkinchi gʻalabasi bilan yilni (2011-yilni) yakunladi[2]. Shimoliy Makedoniya ayollar milliy terma jamoasi ustidan qozonilgan ikkinchi gʻalaba hozirda Albaniya ayollar milliy futbol terma jamoasining eng yirik gʻalabasi hisoblanadi.

2012-yil 15-may kuni Albaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi Barda shahrida Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasi bilan to‘qnash keldi va oʻsha oʻyinda 4:2 hisobida g‘alaba qozondi[3]. Uch kundan soʻng Albaniya jamoasi Chernogoriyaga qarshi revansh oʻyinida Shkoder shahridagi Loro Borici stadionida 4:3 hisobida yana gʻalaba qozondi[4].

22-may kuni Albaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi yana Makedoniya ayollar terma jamoasi bilan toʻqnash keldi va Suada Jasharining 2 ta goli evaziga 2:0 hisobida gʻalaba qozondi[5].

Albaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi shu paytgacha faqat 5 o‘yinda mag‘lubiyatga uchramagan, 15 ta gol urgan va 6 ta gol o‘tkazib yuborgan. 29-avgust kuni Albaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi Drama shahrida oʻtkazilgan norasmiy futbol turnirida ishtirok etdi. Milliy terma jamoa Amazons Drama jamoasi[6] bilan 1:1 hisobida durang oʻynadi va Gretsiya ayollar milliy terma jamoasiga 0:3 hisobida magʻlub boʻldi[7].

Jamoa tasviri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sport toʻplamlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sport toʻplamlari homiylari roʻyxati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Homiy tashkilotlar Homiylik davri
Italiya Legea 2011-yil
Germaniya Adidas 2011-2016
Italiya Makron 2016 — hozirgi kungacha

Jamoaning uy stadioni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Elbasan Arena stadioni hozirda Albaniya ayollar milliy futbol jamoasining milliy stadioni hisoblanadi. Mamlakatdagi ilk uy uchrashuvi 2011-yilning may oyida Pogradec shahridagi Gjorgji Kychyku stadionida bo‘lib o‘tgan[1]. Qurilish tugallangandan soʻng, Tirana shahridagi Milliy arena Albaniya milliy erkaklar va ayollar terma jamoasining uy stadioni boʻldi.

2013-yil noyabrida „Qemal Stafa“ stadioni xalqaro standartlarga javob bermagani uchun FIFA tomonidan yopilgan edi[8]. Albaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2015-yilda Gretsiya terma jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyinlari va Yevropa ayollar chempionati saralash bosqichida ayollar trema jamoaslari bilan uy uchrashuvlarini Fier shahridagi Loni Papuchiu stadionida oʻtkazishgan. „ Qemal Stafa“ stadionida, shuningdek, 2015-yil 27-noyabr kuni Fransiya — Albaniya o‘yini bo‘lib o‘tgan.

Murabbiylar shtabi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi murabbiylar shtabi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lavozimi Ismi Man.
Bosh murabbiy Albaniya Vioresin Sinani

Bosh murabbiylar tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻyinchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi tarkib[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 25 va 30-noyabr sanalarida Norvegiya ayollar milliy futbol terma jamoasi va Kosovo ayollar milliy futbol terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda quyidagi futbolchilar Albaniya ayollar milliy futbol terma jamoasi safiga chaqirilgan[10]. Oʻtkazilgan oʻyinlar va gollar statistikasi 2021-yil 27-noyabr holatiga koʻra berilgan.

0#0 pos. Futbolchi Tugʻilgan sanasi (yosh) Ishtiroki Gollari Klubi
1 1DA Rexhepi, VionaViona Rexhepi 24-iyul 1996-yil (1996-07-24) (27 yosh) 7 0  KOS Mitrovica
12 1DA Hyska, AntigonaAntigona Hyska 23-iyun 2003-yil (2003-06-23) (20 yosh) 1 0  ALB Apolonia
5 2HM Arbiona Bajraktari 10-sentyabr 1996-yil (1996-09-10) (27 yosh) 23 1  ALB Vllaznia
6 2HM Maliqi, SaraSara Maliqi 9-oktyabr 1995-yil (1995-10-09) (28 yosh) 19 0  ALB Vllaznia
8 2HM Elezaj, EndrinaEndrina Elezaj 12-yanvar 1997-yil (1997-01-12) (27 yosh) 10 0  KOS Mitrovica
3 2HM Curraj, ArbenitaArbenita Curraj 28-iyul 1996-yil (1996-07-28) (27 yosh) 8 0  ALB Vllaznia
2HM Gjergji, MatildaMatilda Gjergji 21-may 2003-yil (2003-05-21) (20 yosh)  ALB Vllaznia
2HM Iliadhi, AgliaAglia Iliadhi 30-noyabr 2004-yil (2004-11-30) (19 yosh)  ALB Apolonia
16 3YH Gjini, LuçijeLuçije Gjini 2-may 1994-yil (1994-05-02) (29 yosh) 30 2  ALB Vllaznia
11 3YH Doçi, MegiMegi Doçi 14-oktyabr 1996-yil (1996-10-14) (27 yosh) 23 5  ALB Vllaznia
10 3YH Qëndresa Krasniqi 28-iyun 1994-yil (1994-06-28) (29 yosh) 18 1  KOS EP-COM Hajvalia
2 3YH Alma Hila 2-fevral 2000-yil (2000-02-02) (24 yosh) 5 0  ITA Como
20 3YH Levenaj, VanesaVanesa Levenaj 10-avgust 2001-yil (2001-08-10) (22 yosh) 1 0  ALB Vllaznia
4 3YH Metalla, MikaelaMikaela Metalla 22-oktyabr 2002-yil (2002-10-22) (21 yosh) 1 0  ALB Tirana AS
3YH Zajmi, LuanaLuana Zajmi 14-iyun 2002-yil (2002-06-14) (21 yosh) 0 0  SVN Pomurje
3YH Berisha, GresaGresa Berisha 26-aprel 1998-yil (1998-04-26) (26 yosh) 0 0  ALB Vllaznia
18 3YH Franja, EzmiraldaEzmiralda Franja 4-fevral 1997-yil (1997-02-04) (27 yosh)  ALB Vllaznia
17 4HJ Kristina Maksuti 6-fevral 1993-yil (1993-02-06) (31 yosh) 13 1  GER SV Meppen
7 4HJ Mimoza Hamidi 28-aprel 1998-yil (1998-04-28) (26 yosh) 1 0   SUI Basel
9 4HJ Lufo, EsiEsi Lufo 10-sentyabr 2001-yil (2001-09-10) (22 yosh)  ALB Vllaznia
13 4HJ Begallo, MesuareMesuare Begallo 1-mart 2000-yil (2000-03-01) (24 yosh)  ALB Partizani
4HJ Gleona Taullai 0 0

Albaniya ayollar milliy futbol terma jamoasining xalqaro musobaqalardagi natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]

FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Albaniya terma jamoasining natijasi Saralash oʻyinlarida Albaniya terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar farqi Natija Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar farqi
Xitoy 1991-yil Kiritilmadi Kiritilmadi
Shvetsiya 1995-yil
Qoʻshma Shtatlar 1999-yil
Qoʻshma Shtatlar 2003-yil
Xitoy 2007-yil
Germaniya 2011-yil
Kanada 2015-yil Saralashdan oʻta olmadi 6/6 13 3 1 9 8 56 −48
Fransiya 2019 4/5 11 3 2 6 9 25 −16
AvstraliyaYangi Zelandiya2023-yil Aniqlanmoqda
Jami 0/9 - - - - - - - Jami 24 6 3 15 17 81 −64

UEFA ayollar chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]

UEFA ayollar chempionatida Albaniya terma jamoasining natijasi Saralash oʻyinlarida Albaniya terma jamoasining natijasi
Yil Natija Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar farqi Natija Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar farqi
1984-yil Kiritilmadi Kiritilmadi
Norvegiya 1987-yil
Germaniya 1989-yil
Daniya 1991-yil
Italiya 1993-yil
Germaniya 1995-yil
Norvegiya 1997-yil
Germaniya 2001-yil
Angliya 2005-yil
Finlandiya 2009-yil
Shvetsiya 2013-yil
Niderlandiya 2017-yil Saralashdan oʻta olmadi 5/5 8 0 0 8 3 31 −28
Angliya 2021-yil Saralashdan oʻta olmadi 4/5 8 2 0 6 7 21 −14
Jami 0/11 - - - - - - - Jami 16 2 0 14 10 52 −42

Albaniya ayollar milliy futbol terma jamoasining barcha uchrashuvlar roʻyxati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 27-niyabr holatiga ko`ra
Raqib terma jamoa Oʻtkazgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar Gollar farqi
 Belgiya 2 0 0 2 0 8 −8
 Xorvatiya 2 0 0 2 2 10 −8
 Finlandiya 2 0 0 2 1 11 −11
 Fransiya 2 0 0 2 0 12 −12
 Yunoniston 5 2 0 3 6 12 −6
 Vengriya 1 0 0 1 0 6 −6
 Kosovo 1 1 0 0 3 2 −1
 Latviya 1 1 0 0 2 0 +2
Lyuksemburg 2 2 0 0 4 2 +2
 Shimoliy Makedoniya 4 3 0 1 10 5 +5
 Malta 2 0 2 0 1 1 0
 Chernogoriya 3 2 0 1 8 6 +2
 Niderlandiya 2 0 0 2 1 14 −13
 Norvegiya 2 0 0 2 0 18 −18
 Portugaliya 3 0 0 3 1 11 −10
 Polsha 2 0 1 1 2 5 −3
 Ruminiya 2 0 0 2 0 6 −6
 Turkiya 2 1 0 1 1 1 0
 Ukraina 2 0 0 2 0 6 −6
19 Countries 41 11 3 27 39 134 −95

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]