Agʻdash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ag'dashdan yoʻnaltirildi)
Agʻdash

Ağdaş
Shahar
40°39′00″N 47°28′34″E / 40.65000°N 47.47611°E / 40.65000; 47.47611 G OKoordinatalari: 40°39′00″N 47°28′34″E / 40.65000°N 47.47611°E / 40.65000; 47.47611 G O
Mamlakat Ozarbayjon
Mintaqa Agʻdash
Hukumat
Asos solingan 1900-yil
Markazi balandligi 40 m
Rasmiy til(lar)i ozarbayjon tili
Aholisi
 (2010)
25 345
Vaqt mintaqasi UTC+4:00
Telefon kodi +994 193
Pochta indeks(lar)i AZ 03000
Agʻdash xaritada
Agʻdash
Agʻdash

Agʻdash (ozarbayjoncha: Ağdaş) — Ozarbayjon Respublikasidagi shahar (1900-yildan). Agʻdash temir yoʻl stansiyasidan 47 km. Aholisi 20,9 ming kishi (1999). Yogʻ-sir, avtomobil tuzatish, paxta tozalash, sut zavodlari bor. Qadimiy shahar, ipak va ipak buyumlari savdosi bilan mashhur boʻlgan. Karvonsaroy saqlangan. Agʻdash 16-asrda vujudga kelgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

19-asr boshlarida Sheki xonlıgıning Agʻdash tumanidagi kichik Uchgovag qishlogʻi keyinchalik Agʻdash deb atalgan.

1819-yilda Sheki xonligi oʻrnida Sheki viloyati tashkil topdi[1]. Keyinchalik 1840-yil 22(10)-apreldagi „Kavkazorti maʼmuriy islohot qonuni“ga muvofiq Shaki viloyati Kaspiy viloyati tarkibiga kirdi va shundan keyin u „Sheki uyezdi“ deb ataldi[1]. 1846-yilda Kaspiy viloyati tugatilgandan keyin Sheki uyezdi avval Kaspiy viloyatida tashkil etilgan Shamaxi gubernatorligi (1859-yildan Boku viloyati deb atalgan)[2] tarkibida qoldi, biroq keyinchalik Sheki uyezdi Boku viloyati tarkibidan chiqarildi va 1867-yil oxirida yangi tashkil etilgan Yelizavetpol gubernatorligi tarkibiga qoʻshildi. Oʻsha paytda Sheki uyezdi maʼmuriy markaz nomiga koʻra rasman Nuxa uyezdi deb atalgan[3]. 1873-yilda Nuxa uyezdi hududining bir qismi Yelizavetpol gubernatorligining Aresh uyezdi deb atalgan boshqa bir uezdga ajratildi[4].

Paxtachiligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1887-yilda Lodz kontoriyasining boshligʻi Ramendik Agʻdashga kelib, paxta maydonlarini ochdi, Xitoyda ishlab chiqarilgan 4 ta paxta mashinasi va paxtani dastlabki qayta ishlash va qadoqlash uchun press oʻrnatdi. 1897-yilda Agʻdashda paxtachilik uchun xitoy mashinalaridan iborat yettita zavod boʻlgan. Agʻdash bozorida 1888-yilda 3100 pud paxta sotilgan boʻlsa, 1892-yilda bu raqam 28000 pudga yetdi.

19-asr oxirida Agʻdash butun Kavkazda paxta ishlab chiqarish, qayta ishlash va sotish markaziga aylandi. Shuning uchun 1904-yilda Agʻdashda Kavkaz paxtakorlarining birinchi qurultoyi boʻlib oʻtdi[5].

Taʼlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ozarbayjonda ilk ochilgan taʼlim muassasalaridan biri 1882-yil 25-oktyabrda Agʻdash shahrida pedagog Sulaymon Gʻoyibov tomonidan asos solingan rus-tatar maktabi boʻldi. Oʻsha davrda Ozarbayjondagi uchta maktabdan biri Agʻdashda ochilgani bejiz emas. Chunki bundan oldin Agʻdashda oʻsha davrgacha odamlarga taʼlim beradigan 20 tagacha madrasa boʻlgan[5].

Shahar maqomi 1900-yilda Agʻdash qishlogʻiga berilgan. 20-asr boshlarida Agʻdashda „Nəshri-maarif“ jamiyati, qiroatxona, „Saadat“ qizlar maktabi, „Saodat“, „Dorulirfan“ va „Rushdiye“ kabi taʼlim muassasalari faoliyat yuritgan. Bu muassasalarda Muxtor Afandizoda, Donat Mammadzoda, Hasan Afandiyev kabi pedagoglar faoliyat yuritgan[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
  • Azerbaijan with Excursions to Georgia, 3rd edition p237 by Mark Elliott published by Trailblazer, 2004

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]