Kuba (shahar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kuba — Ozarbayjon Respublikasidagi shahar. Xachmas temir yoʻl stansiyasidan 28 km. Katta Kavkazning shim.-sharqiy etagida. Shosse yoʻllar tuguni. Aholisi 21,5 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Meva-sabzavot konserva zavodi va boshqa bor. Gilam toʻqish taraqqiy etgan. Yirik bogʻdorchilik rayoni markazi. Tarixoʻlkashunoslik muzeyi, Ozarbayjon Sanʼat universiteti filiali, drama teatri bor. K.ga 15-asr da asos solingan. K. 18-asr ning 2-yarmida Kuba xonligi poytaxti.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil