Abu Muhammad Kamarjiy
Abu Muhammad Nasr ibn Hamavayh Kamarjiy Soʻgʻdiy — (X asrda yashagan) roviy. Uning hadislarni Muhammad ibn Muso Soʻgʻdiy vositasida alloma Ibrohim ibn Hamdavayh Ishtixoniydan rivoyat qilgan. Abu Muhammad Kamarjiy haqida Abu Said Idrisiy shunday yozadi: „Men Abu Muhammad Kamarjiy haqida uning oʻzidan 360-hijriy/971-milodiy yildan keyin yozib oldim“. Mavjud manbalarda Abu Muhammad Kamarjiyning tavallud topgan yoki vafot etgan yillari haqida birorta maʼlumot keltirilmagan. Lekin Abu Said Idrisiyning yuqorida taʼkidlagan jumlasidan Abu Muhammad Kamarjiy 360-hijriy/971-milodiy yildan keyin vafot etganligi maʼlum boʻladi.
Manba
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sanʼoniy. Al-ansob 5-jild, 93-94-betlar; Atayev M. Jizzax allomalari. 64-bet.
„Bobur ensiklopediyasi“, „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi 2014-yil, 166-167-bet.