Abu Mansur Muhammad ash-Shuxanokiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Mansur Muhammad ash-Shuxanokiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti X asr
Dini Islom
Tanilgan sohasi roviy

Abu Mansur Muhammad ash-Shuxanokiy (arabcha: أبو منصور محمد الشوخناكى — Abu Mansur Muhammad ibn Ahmad ibn Xalaf ash-Shuxanokiy — Roviy.

Abu Mansur Muhammad ash-Shuxanokiy IX asrning ikkinchi yarimida Samarqandga qarashli Shuxanok qishlogʻida tugʻilgan. U boshlangʻich taʼlimni otasi Ahmad ash-Shuxanokiydan olgan.

Ustozlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu Mansur Muhammad ash-Shuxanokiy hadis ilmining sir-asrorlarini otasi Ahmad ash-Shuxanokiy, Yahyo ibn Ali al-Hamadoniy al-Balxiy, Nasr ibn al-Asbogʻ al-Balxiy, Ahmad ibn Gʻolib at-Talqoniy va Muhammad ibn Ishoq al-Hofiz al-Karobiysi kabi olimlardan oʻrgangan va ulardan hadislar rivoyat qilgan.

Shogirdlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu Mansur Muhammad ash-Shuxanokiydan Rahma ibn Vohib al-Fargʻoniy, Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Asad al-Qaffol, Abdurahmon ibn Muhammad ibn Dovud as-Sarram kabi bir guruh riviylar taʼlim olgan va hadislar rivoyat qilgan[1].

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abu Mansur Muhammad ash-Shuxanokiy X asrda vafot etgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Abdulkarim Samʼoniy. Al-Ansob. J.3. — Bayrut. Lubnan 1998. -B. 484.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Abdulloh Abdulhamid Saad. Oʻrta Osiyo olimlari qomusi. —T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-maʼrifiy markazi nashriyoti, 2007. -B. 238.