Abu Bakr ash-Shofeʼiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Bakr Muhammad ibn Abdulloh ibn Ibrohim al-Bazzoz ash-Shofe’iy al-Bag‘dodiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 873-874-yil (hijriy 260-yil)
Vafoti milodiy 965-yil (hijriy 354-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi muhaddis, faqih.

Abu Bakr ash-Shofeʼiy (arabcha: أبو بكر الشافعي — Abu Bakr Muhammad ibn Abdulloh ibn Ibrohim al-Bazzoz ash-Shofeʼiy al-Bag‘dodiy) — muhaddis va faqih.

Hayoti va faolyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dajla yaqinidagi Jabbul shaharchasida tug‘ilgan. „Al-Bazzozlaqabini kiyim tijorati bilan shug‘ullangani uchun olgan. Abu Bakr ash-Shofeʼiy hadis o‘rganishni o‘n olti yoshida boshlagan. Misr, Damashq, al-Jazira kabi ilm markazlariga safar qilib, Abu Qiloba ar-Raqoshiy, Muhammad ibn Maslama, Horis ibn Abu Usoma, Ibn Abu-d-Dunyo, Abu Muslim al-Kajjiy, Abdulloh ibn Ahmad ibn Hanbal va boshqa mashhur ustozlardan taʼlim olgan. Keyinchalik Bag‘dodda qolib hadis rivoya­ti bilan mashg‘ul bo‘lgan. Buvayhiylar bu yerda sahobalarning fazilati haqida so‘z yuritishni taʼqiqlab, masjid eshiklariga ular haqida haqoratomuz yozuvlarni ostirganida Abu Bakr ash-Shofeʼiy bu taʼqiqlovga eʼtibor bermay, shahar masjidida sahobalarning fazilatiga doir suhbatlar o‘tkazgan va hadislar yozdirgan. Bu suhbatlarni undan ad-Doraqutniy, Ibn Shohiyn, Abu Abdulloh ibn Manda, Ibn Shozon al-Bag‘dodiy va Abu Ishoq al-Isfaroyiniy kabi olimlar tinglaganlar. Abu Bakr ash-Shofeʼiy o‘tkazgan imlo majlislarida shogirdlariga hadis rivoyat qilgan. Ad-Doraqutniy davr muhaddislari orasida undan ko‘ra ishonchli kimsa bo‘lmaganini zikr qilgan. Shamsuddin az-Zahabiy esa, uning hadisda hujjat bo‘lganini maʼlum qilgan. Ilmiy faoliyat barobarida tijorat bilan ham shug‘ullangani uchun turli shaharlarga safar qilgan. Abu Bakr ash-Shofeʼiy Bag‘dodda vafot etgan va Ahmad ibn Hanbal qabri yoniga dafn qilingan.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Al-Favāid“. Ustozlaridan oliy isnod bilan rivoyat qilingan hadislarni o‘z ichiga olgan asar.
  • „Musnad Mӯsā al-Kāzim bin Jaʼfar bin Muhammad“. Asarning qo‘lyozma nusxasi Suriyadagi „Dor al-kutub az-Zohiriyya“ kutubxonasida saqlanmoqda[1].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Al-Xatib. Tarӣx Bag‘dād. — Qohira: 1349/ 1931. V, 456-458;
  2. Az-Zahabiy. Siyar. — Bayrut: 1401-1405/1981-1985. XVI, 39-44;
  3. Az-Zahabiy. Duval al-islām. — Bayrut: 1405/1985. 196-197;
  4. As-Suyutiy. Tabaqāt al-huffāz. — Bayrut: 1403/1983. 361;
  5. Kahhola. Mu’jam al-muallifӣn. X, 194;
  6. Selman Başaran. „Ebû Bekir eş-Şâfiî“. TDV İA. — İstanbul: 1994. X, 112-113;
  7. Brockelmann. GAL. Suppl., — Leiden: 1937-42. I, 274;
  8. Sezgin. GAS. — Leiden: 1967-84. I, 191.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.