Absenteizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Absenteizm — (lot. absens (absentis) saylovchilarning vakillik organlari yoki mansabdor shaxslarni saylashda, yigʻilishlarda va h.k.da qatnashishdan bosh tortishi; aholining oʻz fuqarolik huquqlarini amalga oshirishga befarq qarashi. Absentizm saylov tizimining nodemokratik koʻrinishiga qarshi aholi noroziligining bir shakli, u erkin saylovlar oʻtkazilayotganda uchraydi. Bunga qarshi salbiy (jarima sanktsiyalarini belgilash — ayrim davlatlarda qoʻllaniladi) va ijobiy (ovoz berishda ishtirok etganligi uchun davlat byudjetidan pul toʻlanadi yoki saylov oʻtkazilgan kun mehnat taʼtiliga qoʻshib beriladi) tusdagi usullar qoʻllaniladi.

Absenteizm (lot. absentia — qatnashmaslik, bosh tortish) — 1) say-lovchilarning vakillik organlari yoki mansabdor shaxslarni saylashda, yig‘ilishlarda va h.k.da qatnashishdan bosh tortishi; aholining o‘z fuqarolik huquqlarini amalga oshirishga befarq qarashi. A. saylov tizimi nodemokratik ko‘rinishiga qarshi aholi noroziligi-ning bir shakli; 2) q.x.ni yuritishning sharti sifatida yerning o‘z egasidan aj-ratib qo‘yilishi. Bunda yer egasi — ab-senteist i.ch. jarayonida qatnashmay pul daromadi (renta yoki foyda shaklida) oladi. Bu bilan yer daromadlari q.x. ish-lab chiqarishi sohasidan ajratiladi va absenteistlarning yashash manbaiga ay-lanib qoladi. Dehqonchilik A.i Lotin Amerikasida eng ko‘p tarqalgan.[1]

Qoida tariqasida, Absentizm saylovlar haqiqiy deb topilishi uchun lozim boʻlgan saylovchilar sonining kamayishiga olib keladi. Masalan, «Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida»gi Qonun talablariga muvofiq, agar roʻyxatga kiritilgan fuqarolarning yarmidan kami referendumda ishtirok etgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi referendumni oʻtmagan deb hisoblaydi.

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil