Pul

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
500 yevro

Pul - bu shunday maxsus tovarki, u hamma boshqa tovarlar uchun umumiy ekvivalent vazifasini bajaradi. Pul umumiy tovarlarni ayorboshlashda asisiy vazifasini bajaradi. Qadimda pul vazifasini turli hil tovarlar bajargan, masalan, chorva mollari, mol terilari, bolta va hokazo. Keyinchalik pul vazifasini qimmatbaho metallar bajargan, chunki ular oʻzini sifatini yoʻqotmaydi va pul oʻrnini bosishda juda qoʻl kelgan. Pul oddiy mahsulot boʻlib qolmay, u ijtimoiy qiymatga ega, yani hamma tovarlarni harid etish vositasi boʻlib hizmat qiladi.

Pul (fors-toj.) — Oʻrta Osiyo xonliklari va Yaqin Sharqdagi ayrim davlatlarda qoʻllanilgan mis chaqa pul. Mas, 1P. 18—19-a.larda Qoʻqon xonligida 1/45—1/60 tangaga, Buxoroda 1 P. 1/40 tillaga, 1932 y.gacha Eronda 1/40 qironga teng boʻlgan. PUL — hamma tovarlar va xizmatlar ayirboshlanadigan, umumiy ekvivalent sifatida foydalaniladitan, boshqa barcha tovarlar qiymatini ifodalaydigan maxsus tovar; bozor shtisodiyotining eng asosiy vositasi. P. oʻz tabiatiga koʻra, 3 xil xususiyatga ega: hamma narsaga ayirboshlanadigan mu-him harid vositasi; boylik timsoli; mehnatni qiymat shaklida oʻlchab beradigan vosita.

P. ayirboshlash, toʻlov, qiymat oʻlcho-vi, jamgʻarish (boylik toʻplash) kabi vazifalarni bajaradi: qiymat oʻlchovi — tovarlar qiymati miqsori P. orqali oʻlchanadi. U boshqa hamma tovar qiymatini ifodalaydi; ayirboshlash vositasi — P. vosita-sida tovarlar oldisotdi qilinadi; jamgʻarish vositasi — pul oʻzida mehnatni gavdalantirgani uchun boylikning umumiy shakliga aylanadi. Agar tovar ishlab chiqaruvchi oʻz tovarini sotib, P.ga boshqa tovar sotib olmasa, u P.ni jamgʻaradi. P. jamgʻarish uchun, ayniqsa, P. qadrining saqlanishi muhim ahamiyatga ega; toʻlov vositasi — tovarga uni sotib olingan vaqtda emas, balki maʼlum muddatdan soʻng haq toʻlanadigan tovar muomalasi jarayonida yuzaga keladi. Nasiyaga sotilgan tovarlar va xizmatlar haqi toʻlanganda, qarz qaytarilganda P. toʻlov vositasi rolini bajaradi. P.ning bu vazifasi muomalaning turli kredit vositalari — veksel, chek, banknotlarnp keltirib chiqaradi. P. shakliga koʻra, naqd P. (aniq moddiy shaklga, yaʼni qogʻoz, tanga) va naqd boʻlmagan P. (aniq moddiy shaklga ega boʻlmagan, bankdagi bir joriy hisobvaraqdan boshqasiga koʻchirib yozib qoʻyish orqali harakat qiluvchi P.) koʻrinishida buladi. Muomala doirasi darajasiga koʻra, milliy P. (asosan, mamlakat hududida amalda boʻladigan), xalqaro yoki mamlakatlararo (baynalmilal) P.ga boʻlinadi. Maxsus chiqariladigan jahon P.i yoʻq, ammo umumiy universal toʻlov vositasi rolini eng qadri yuqori, erkin almashtiriladigan P. uynaydi. Hoz. paytda dunyoda AQSH dollarn, Angliya funt sterlingi, Yaponiya iyenasi va 2002 y. yanv.dan muomalaga kiritilgan Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining P. birligi — yevro jaxrn P. i vazifasini bajaradi.

Dilorom Tojiboyeva.[1]


Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil