Abjad al-ʼulum

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abjad al-ʼulum
Asl nomi Abjad al-’ulӯm
Muallif(lar) Muhammad Siddiqxon al-Qannujiy
Til arab tili
Janr(lar)i ensiklopedik asar

Abjad al-ʼulum (arabcha: أبجد العلوم)

Abjad al-’ulӯm“ ensiklopedik asar. Unda ilm va fanlar, xususan, Islomga oid ilmlar tasnifi, shuningdek, tarix va turli soha olimlarining tarjimai hollari haqida maʼlumotlar berilgan. Asar Muhammad Siddiqxon al-Qannujiy qalamiga mansub. Muallif asarni yozishda al-ForobiyningIhsā al-­’ulӯm“, al-XorazmiyningMafātih al-’u­lӯm“, Toshko‘prizodaningMiftāh as-­saʼāda“ va Hoji XalifaningKashf az-­zunӯn“ asarlaridan foydalangan.

Jildlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asar uch jilddan iborat bo‘lib, har bir jild bir necha bob va fasllarga bo‘lingan hamda quyidagicha nomlangan:

  1. Birinchi jild — „Al-Vashy al-marqӯm“.
  2. Ikkinchi jild — „As-Sihāb al-markӯm al-mumtir bi-anvā’ al-funӯn va asnāf al-’ulӯm“.
  3. Uchinchi jild — „Ar-Rahӣq al-maxtӯm min tarājim aimma al-’ulӯm“.

Asar 1978-yil Damashqda nashr etilgan.

Muallif haqda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muallifning to‘liq ismi Muhammad Siddiqxon ibn Hasan ibn Ali ibn Lutfulloh al-Hasaniy al-Buxoriy al-Qannujiy bo‘lib, u taniqli hadisshunos olim va mufassir bo‘lgan. 1248/1832-yil Hindistonning Banus Bariliy qish­log‘ida tavallud topgan.

Muhammad Siddiqxon olti yoshga yetganida otasi vafot etib, yetim qoladi. Onasi va akasi bilan ota-bobolari yurti Qanuj shaharchasiga jo‘nab ketadilar. Dehlida taʼlim oladi. Keyinchalik, Bhopal shahriga (Hindiston) safar qilib, o‘sha yerda yashab qoladi. U yerda vazir darajasigacha ko‘tariladi. Bhopal amiri Iskandar Begimning qizi malika Shohjahon Begimga uylanadi. Muhammad Siddiqxon oltmishdan ziyod arab, fors va hind tillarida asarlar yozgan. U 1307/1890 y. vafot etgan[1].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Muhammad Siddiqxon. Abjad al-’ulӯm. „Dor Ibn Hazm“, 2002;
  2. Ahmad Atiyatulloh. Al-Qāmӯs al-islāmӣ. „Maktaba an-nahda al-misriyya“, 1963. I, 7-8;
  3. Fotima Mahjub. Al-Mavsӯ’a az-zahabiyya. II, 88.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.