Abdurrashid qori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdurrashid Bahromov
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi 8-yanvar q953-yil
Vafoti 26-oktabr 2011-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi muftiy

Abdurrashid qori (arabcha: عبد الرشيد بهراموف — Abdurrashid Bahromov, 8.01.1953, Andijon — 26.10.2011, Toshkent) — muftiy.

Taʼlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdurrashid qori Bahromov dastlabki diniy saboqni otasi Abdulmu’min qori Mulla Bahrom o‘g‘lidan olgan. 1959-1969-yillarda Andijon shahridagi 29-o‘rta maktabda taʼlim olgan. Maktabdan so‘ng bog‘bon bo‘lib ishlagan. 1971-1973-yillarda harbiy xizmatda bo‘lgan. 1975-yilda Mir Arab madrasasiga o‘qishga kiradi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdurrashid qori 1979-yilda Toshkent Islom institutini bitirib, shu yerda dars bera bosh­laydi. 1981-yildan Toshkent shahridagi Tilla Shayx masjidida imom-xatib, 1997-yil may oyidan 2006-yil avgustgacha O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy vazifasida ishlagan.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdurrashid qori Islom konferensiyasi tashkilotiga aʼzo mamlakatlar Ulamolar kengashining aʼzosi etib saylangan. U Saudiya Arabistoni, Misr, Quvayt, Marokash, Indoneziya, Turkiya, AQSh kabi qator davlatlarda o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlarda qatnashgan. Shuningdek, Marokash, Misr, Saudiya Arabistoni mamlakatlarida o‘tkazilgan Qur’oni karim hofizlarining musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan[1].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. X. Yo‘ldoshxo‘jayev, I. Qayumova. O‘zbekiston ulamolari. — T.: „Movarounnahr“, 2015, 87-89.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.