Abdurrahmon ibn Mahdiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Sa’id Abdurrahmon ibn Mahdiy ibn Hasson al-Anbariy al-Basriy al-Lu’luiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 752-yil (hijriy 135-yil)
Vafoti milodiy 813-814-yil (hijriy 198-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi taba’a tobe’in, hadis hofizi va fiqh olimi

Abdurrahmon ibn Mahdiy (arabcha: عبد الرحمن بن مهدی — Abu Saʼid Abdurrahmon ibn Mahdiy ibn Hasson al-Anbariy al-Basriy al-Lu’luiy, 135/752 — [Basra]] — 198/813-14) — tabaʼa tobeʼin, hadis hofizi va fiqh olimi.

Marvarid tijorati bilan shug‘ullangani uchun al-Lu’luiy nisbasi bilan ham zikr qilinadi.

Taʼlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tahsilini Qur’oni karimni yod olish bilan boshlagan. Qiroat ilmini o‘rganganidan so‘ng, o‘z davrining mashhur olimlari majlislariga qatnaydi. Abu Omir Abdulmalik al-Aqadiyning tavsiyasiga ko‘ra, o‘n besh yoshidan hadis ilmini o‘rganishni boshlaydi. Shu’ba, Molik ibn Anas, Sufyon ibn Uyayna, Sufyon as-Savriy, Hammod ibn Zayd, Abdulloh ibn Muborak, Abdulaziz ibn Abdulloh Mojishun kabi hadis va fiqh olimlaridan taʼlim oladi.

Hadislari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Undan Ahmad ibn Ibrohim Davraqiy, Ahmad ibn Hanbal, Abu Bakr ibn Abu Shayba, Abdurrahmon ibn Umar, Abu Ubaydulqosim, Yahyo ibn Maʼiyn, Ali ibn Madiniy, Ishoq ibn Rohavayh, Muhammad ibn Yahyo Zuhaliy kabi mashhur olimlar hadis rivoyat etganlar.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdurrahmon ibn Mahdiy 796-yilda Bag‘dodda yashaydi. U yerda ilm taʼlimi va hadis rivoyati bilan mashg‘ul bo‘ladi. Uning quvvatli hifz sohibi, ehtiyotkor va ishonchli muhaddis bo‘lgani haqida maʼlumotlar mavjud. Yozishdan ko‘ra ko‘proq yodlashga ahamiyat bergan. 20000 hadisni yoddan yozdirgani to‘g‘risidagi rivoyat mubolag‘ali bo‘lsa-da, uning xotirasini qanday bo‘lganini bilishda ahamiyatlidir. Hadisning maʼnolari emas, balki uni so‘zma-so‘z, lafzma-lafz rivoyat etilishi tarafdori bo‘lgan.

Ahmad ibn Hanbal u haqida „nomaʼlum bir roviydan keltirilgan rivoyati bo‘lsa, u ham hujjatdir“ degan.

Imom ash-Shofeʼiy va Ali ibn al-Madiniylar hadis ilmida u kabi olimni ko‘rmaganlarini eʼtirof qilganlar. U hadis ilmi va uni rivoyat qilish yo‘llarini bilimdoni bo‘lgan Basra muhaddislarining hollarini eng yaxshi bilgan hadis hofizi sifatida tanilgan. Oqibatda shuhrati har tomonga yoyilib, uning Bag‘dodda o‘tkazgan ilm majlislariga rag‘bat kuchaygan.

Abdurrahmon ibn Mahdiy fiqhda Molikiy mazhabida bo‘lgan. Imom Molikdan fiqh, hadis va rijol ilmini o‘rgangan. Zero, o‘z davrida qozilik unvoniga undan ko‘ra loyiq kimsa topilmagani fiqhda ham peshvo ekaniga yetarli dalil bo‘la oladi.

Abdurrahmon ibn Mahdiy mu’tazila va jahmiyya firqalarining Alloh sifatlari borasidagi tortishuvlariga qattiq qarshilik ko‘rsatgan. U musulmonlar orasida fitnaga sabab bo‘ladigan fikr-munozaralarning oldini olishda Qur’on va sahih hadislarga asoslangan. Abdurrahmon ibn Mahdiy har kecha Qur’oni karimning yarmini tilovat qilib, har ikki kunda bir marotaba uni to‘liq xatm qilgan[1].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ibn Saʼd. At-Tabaqāt al-kubrā. — Bayrut: 1388/1968. VII, 297;
  2. Al-Buxoriy. At-Tarӣx al-kabӣr. — Haydarobod: 1360-80/1941-60. V, 354;
  3. Al-Buxoriy. At-Tarӣx as-sag‘ӣr. — Qohira: 1396-97/1976-77. II, 285;
  4. Ibn Abu Xotim. Al-Jarh va-t-taʼdӣl. — Haydarobod: 1371-73/1952-53. V, 288;
  5. Al-Xatib. Tarӣx Bag‘dād. — Qohira: 1349/1931. X, 240;
  6. Ibn al-Javziy. Sifā as-safva. — Halab: 1969-73. IV, 5-7;
  7. Ibn al-Asir. Al-Lubāb. — Qohira: 1357-69. III, 135;
  8. Az-Zahabiy. Siyar. IX, 192-208;
  9. Az-Zahabiy. Tazkira al-huffāz. — Haydarobod: 1375-77/1955-58. I, 329;
  10. Ibn Hajar. Taqrӣb at-tahzӣb. — Qohira: 1380. I, 499;
  11. Ibn Hajar. Tahzӣb at-tahzӣb. VI, 279;
  12. As-Suyutiy. Tabaqāt al-huffāz. — Qohira: 1393/1973. 139;
  13. Al-Xazrajiy. Xulāsa tahzӣb. — Bayrut: 1399/1979. 235;
  14. Ibn al-Imod. Shazarāt az-zahab. — Qohira: 1350-51. I, 355 Mûcteba Uğur. „Abdurrahman b. Mehdî“. TDV İA. — İstanbul: 1988. I, 167-168.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.