Abdurrahmon ibn Abdulloh Oʻzgandiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdurrahmon ibn Abdulloh Oʻzgandiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi muhaddis

Abdurrahmon ibn Abdulloh Oʻzgandiy(arabcha:عبد الرحمن بن عبد الله أوزغاندي — Abdurrahmon ibn Abdulloh Oʻzgandiy — Toʻliq ismi:Abu Muhammad Abdurrahmon ibn Abdulloh ibn Isʼhoq ibn Ahmad Oʻzgandiy (vafoti 513/1120-yil)) — muhaddis.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzgandiy—“Oʻzgand”dan yasalgan nisba boʻlib, Fargʻona nohiyasidagi shahar. Hozirda Qirgʻiziston Respublikasining Jalol-obod va Osh viloyatlarining oʻrtasida joylashgan shahar. Abdurrahmon ibn Abdulloh Oʻzgandiy Oʻzgandda tugʻilib voyaga yetgach Balxda yashagan. Keyinchalik Samarqandga kelib, bir muddat turgach, Kasga yoʻl olgan va shu yerda vafot etgan Ismiga adib soʻzi qoʻshib aytilishiga qaraganda, bu sohada ham faoliyat olib borgan. Biroq, ilmiy merosi haqidagi maʼlumotlar hozirgacha yoʻq.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. – Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. – B. 855.