Abazalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abazalar, abazinlarRossiya Federatsiyasining Qorachoy-Cherkas va Adigey muxtor viloyatlari hamda Stav-ropol o‘lkasida yashaydigan xalq. Abazalar 33 ming kishi (1992). Turkiyaning markaziy hududlarida 10 mingga yaqin Abazalar yashaydi. Umumiy soni 44 ming kishi (1992). Abazalarning ilk ajdodlari Qora dengiz bo‘ylarida, taxminan Tuapse bilan Bzib daryosi oralig'ida joylashgan edi. Kavkaz tillari guruhiga mansub abaza tilida gaplashadi. Hozor hududda 14-asrdan yashaydi. 19-asrning 30-yillari boshlarida Rossiya tomonidan bo‘ysundirilgan. Abazalar adigey xalqi bilan qadimdan qo‘shni yashaganliklari tufayli, madaniyat va turmushlari ularga o‘xshab ketadi. Abazalar islom dinining sunniy mazhabida. 20-asr boshlarida Abazalar katta qabilaviy (tapanta va shkaraua) guruhlarga bo‘linib yashar edilar. Ko‘pchiligi dehqonchilik (bug‘doy, javdar, tariq), bog‘dorchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil