Kontent qismiga oʻtish

John Dee: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Asiya-Nur (munozara | hissa)
k Suratlar yukladim
Asiya-Nur (munozara | hissa)
k Manbalar qismini qo'shdim
Qator 36: Qator 36:
1527-yil 13-iyulda [[London|Londonning]] Tover Ward shahrida tug'ilgan. Joanna Wilde saroyida katta lavozimda faoliyat olib borgan va matolar bilan savdo qilgan Roland Dining yagona o'g'li. Dee familiyasi [[Valliy tili|valliy tilidan]] kelib chiqib, "qora" degan ma'noni beradi.

1535-yildan [[Essex]] shtatining Chelmsford shahridagi maktabda oʻqiydi. 1542-yil noyabr oyida [[Kembrij|Kembrijning]] Avliyo Ioann kollejiga oʻqishga kiradi va u yerda [[Lotin tili|lotin]], [[Qadimgi Yunoniston|qadimgi yunon]] tillari, [[Falsafa|falsafa]], [[Geometriya|geometriya]], [[Arifmetika|arifmetika]] hamda [[Astronomiya|astronomiyani]] oʻrganadi. [[Tarixshunoslik|Tarixshunoslarning]] fikriga ko'ra, Di kuniga 18 soatini o'qishga, to'rt soatini uyquga va ikki soatini ovqatlanishga bag'ishlagan. Uning asosiy ishtiyoqi [[Matematika|matematikada]] bo'lgan. Shu bilan bir qatorda [[Mexanika|mexanika]], [[Xaritagrafiya|kartografiya]] va [[Navigatsiya|navigatsiyaga]] ham qiziqgan.
1535-yildan [[Essex]] shtatining Chelmsford shahridagi maktabda oʻqiydi. 1542-yil noyabr oyida [[Kembrij|Kembrijning]] Avliyo Ioann kollejiga oʻqishga kiradi va u yerda [[Lotin tili|lotin]], [[Qadimgi Yunoniston|qadimgi yunon]] tillari, [[Falsafa|falsafa]], [[Geometriya|geometriya]], [[Arifmetika|arifmetika]] hamda [[Astronomiya|astronomiyani]] oʻrganadi<ref>{{Kitob manbasi |title=Энциклопедия магии и алхимии = The Encyclopedia of Magic and Alchemy. |author=Розмари Эллен Гуили. |publisher=Санкт-Петербург: Азбука , Азбука-Аттикус |year=2013 |isbn=ISBN 978-5-389-05695-4. |pages=178}}</ref>. [[Tarixshunoslik|Tarixshunoslarning]] fikriga ko'ra, Di kuniga 18 soatini o'qishga, to'rt soatini uyquga va ikki soatini ovqatlanishga bag'ishlagan. Uning asosiy ishtiyoqi [[Matematika|matematikada]] bo'lgan. Shu bilan bir qatorda [[Mexanika|mexanika]], [[Xaritagrafiya|kartografiya]] va [[Navigatsiya|navigatsiyaga]] ham qiziqgan.

1546-yilda Di [[Astronomiya|astronomik]] kuzatishlar va [[Astrologiya|astrologik]] prognozlar qilishni boshladi. O'sha yillari Di [[Bakalavr|bakalavr]] darajasini oladi va kollej kengashi a'zosiga aylanadi. Dekabr oyida Di yangi tashkil qilingan [[Trinity san'at va fanlar kolleji|Trinity kollejining]] boshqaruv kengashi a'zosiga aylanadi, keyinchalik bu kollej Kembrijdagi eng katta kollejlarga aylanadi.

Qator 46: Qator 46:
1550-yilda Di [[Bryussel|Bryusselga]] matematiklar bilan uchrashib, tajriba almashish uchun yo'l oladi va u yerda Pedro Nunes bilan do‘stlashadi. Keyinchalik, shu yilning o'zida Di [[Parij|Parijga]] boradi va u yerda [[Yevklid|Yevklidning]] elementlari haqida ma'ruza o'qiydi. Yosh bo'lishiga qaramay, Di o'zini tajribali o'qituvchi sifatida namoyon qiladi. Uning chiqishlari juda mashhur bo'lgan. 1551-yilda, Di [[Parij|Parijda]] matematika [[Professor|professori]] lavozimini egallash taklifini oladi, ammo u rad etadi.

Angliyaga qaytib, 1552-yil fevral oyida u Pembrokning 1-grafi va o'sha yilning oxirida Nortumberlend gertsogi xizmatiga kirdi. Gertsoglik xizmati vaqtida u suv toshqini haqida risola yozgan. O'sha yili Di [[London|Londonda]] Gerolamo Kardano bilan uchrashadi, Di ​​va Kardano abadiy harakat muammosi, shuningdek, go'yoki sehrli xususiyatlarga ega bo'lgan qimmatbaho toshni o'rganish ustida birga ishlaydilar.
Angliyaga qaytib, 1552-yil fevral oyida u Pembrokning 1-grafi va o'sha yilning oxirida Nortumberlend gertsogi xizmatiga kirdi. Gertsoglik xizmati vaqtida u suv toshqini haqida risola yozgan. O'sha yili Di [[London|Londonda]] Gerolamo Kardano bilan uchrashadi, Di ​​va Kardano abadiy harakat muammosi, shuningdek, go'yoki sehrli xususiyatlarga ega bo'lgan qimmatbaho toshni o'rganish ustida birga ishlaydilar<ref>{{Kitob manbasi |title=De Vita Propria (The Book of My Life) |author=Gerolamo Cardano |publisher=New York: New York Review of Books |year=2002}}</ref>.

1553-yilda katolik Meri Tyudor hokimiyat tepasiga kelgach, Angliyada [[Protestantizm|protestantlarga]] qarshi [[Repressiya|repressiyalar]] boshlandi. [[Avgust]] oyida Jon Dining otasi Roland Di hibsga olingan. Tez orada uni ozod qilishdi, biroq moliyaviy jamg‘armalari musodara qilingan. Diga oziq-ovqat haqida qayg'urmasdan, umrining oxirigacha o'zini ilmiy izlanishlarga bag'ishlash imkonini beradigan muhim moliyaviy xavfsizlik yo'qoladi.

Qator 54: Qator 54:
1555-yil 28-mayda Di "hisob-kitoblari" uchun hibsga olingan - o'sha davr uchun matematika jamiyat tomonidan [[Sehrgarlik|jodugarlikka]] teng qilingan. Ehtimol, ular Di tomonidan Meri Tudor va malika Yelizabetta uchun tuzilgan munajjimlar bashoratini nazarda tutilgan. Shu bilan bir qatorda Diga yana davlatga xiyonat ayblovi ham qo'yildi. Biroq, Di Yulduzli palata sudi oldida o'zini oqlashga muvaffaq bo'lgan. Biroq, uni ozod qilish o'rniga, diniy so'roq qilish uchun radikal [[Katolitsizm|katolik]] yepiskopi Bonnerga topshirganlar. [[Protestantizm|Protestant]] bo'lgan Di bu safar ham o'zini oqlashga muvaffaq bo'ldi va avgust oyida uch oylik qamoqdan so'ng ozodlikka chiqdi. Hibsga olinganidan keyin Di qolgan daromad manbalarini barchasini yo'qotdi. Taxminan shu vaqtda Dining otasi ham vafot etdi va o'g'liga deyarli hech qanday meros qoldirmadi.

1556-yil 15-yanvarda Di Meri Tudorga barcha sohalaridagi muhim kitoblar to'plami bo'lgan Qirollik kutubxonasini tashkil etish rejasini taqdim etadi. Biroq ushbu reja rad etildi va uning o'rniga olim o'zi uchun Mortleykdagi uyida shaxsiy kutubxona tuzishga kirishadi. Moliyaviy qiyinchiliklarga qaramay, Di butun [[Yevropa]] bo'ylab ilmiy ishlarni ishtiyoq bilan to'plashni davom etdi. Uning hayoti davomida kitoblari to'plami Angliyadagi eng katta kutubxonaga aylangan va o'sha davrning ko'plab olimlarini o'ziga jalb qilgan, shu bilan bir qatorda universitet devorlari tashqarisidagi eng yirik ilmiy markazga aylangan.
1556-yil 15-yanvarda Di Meri Tudorga barcha sohalaridagi muhim kitoblar to'plami bo'lgan Qirollik kutubxonasini tashkil etish rejasini taqdim etadi. Biroq ushbu reja rad etildi va uning o'rniga olim o'zi uchun Mortleykdagi uyida shaxsiy kutubxona tuzishga kirishadi. Moliyaviy qiyinchiliklarga qaramay, Di butun [[Yevropa]] bo'ylab ilmiy ishlarni ishtiyoq bilan to'plashni davom etdi. Uning hayoti davomida kitoblari to'plami Angliyadagi eng katta kutubxonaga aylangan va o'sha davrning ko'plab olimlarini o'ziga jalb qilgan, shu bilan bir qatorda universitet devorlari tashqarisidagi eng yirik ilmiy markazga aylangan<ref>{{Veb manbasi |url=https://www.culture24.org.uk/history-and-heritage/royal-history/art539858-a-magical-glimpse-into-the-tudor-imagination-lost-library-of-john-dee-to-be-revealed |sarlavha=A magical glimpse into the Tudor imagination: Lost library of John Dee to be revealed. |arxivurl=https://www.culture24.org.uk/history-and-heritage/royal-history/art539858-a-magical-glimpse-into-the-tudor-imagination-lost-library-of-john-dee-to-be-revealed |arxivsana=18.01.2016 |sana=18.01.2016}}</ref>.

1558-yilda [[Mary I Tudor|Mariy I Tyudor]] vafotidan so'ng angliyalik [[Elizabeth I|Yelizaveta]] taxtga o'tirdi va Angliyada protestantizmni tikladi. Di tezda yangi qirolichaga juda yoqdi, Yelizabeta Dini o'zining shaxsiy munajjimi va fan masalalari bo'yicha maslahatchisi lavozimiga tayinladi. Di o'zi tuzgan munajjimlar bashorati asosida Yelizabetning toj kiyish uchun eng qulay sanani belgilagan.

Qator 64: Qator 64:
1561-yilda u Robert Rekordning matematika bo'yicha mashhur kitobi "San'at asoslari"ni to'ldirdi va kengaytirdi. 1564-yilda u o'zining "Buyuk sehrgar" maqomini [[Kabbala]] va geometrik sehr haqidagi eng mashhur kitobi "Monas ieroglifi"ni nashr etish orqali tasdiqladi. Uning uyi Yelizabeta davridagi [[Germetizm|germetizm]] muxlislari uchun norasmiy [[Akademiya|Akademiyaga]] aylandi. Ushbu uyda ilmiy asboblarni saqlash uchun xonalar, talabalar uchun turar joy va 5 ga yaqin kutubxona mavjud edi. Jon Di kutubxonasi butun [[Uygʻonish davri|Uygʻonish davrini]] qamrab olgan va Angliyadagi eng yirik ilmiy kutubxonalardan biri boʻlgan. 1570-yilda [[Yevklid|Yevklidning]] inglizcha tarjimasiga so'zboshi yozgan. 1576-yilda Martin Frobisher bilan birgalikda u Sharqqa afsonaviy shimoliy yo'lni izlash uchun Atlantika okeanini kesib o'tdi. 1577-yilda uning "Navigatsiya san'ati" kitobi nashr etildi, unda u doimiy Britaniya flotini yaratishni yoqladi.

1588-yilda Di go'yoki yengilmas Armadani la'natlagan, bu esa bo'ronga sabab bo'lgan va inglizlarning g'alaba qozonishiga imkon bergan. Ehtimol, [[Meteorologiya|meteorologiya]] bo'yicha bilimlaridan foydalangan holda, Di bo'ron boshlanishini bashorat qilgan va bo'ron o'tmagunga qadar, [[Ispaniya]] flotiliyasining qoldiqlari bilan shug'ullanish imkoniyati paydo bo'lmaguncha ingliz kemalarini dengizga olib chiqmaslikni taklif qilgan.
1588-yilda Di go'yoki yengilmas Armadani la'natlagan, bu esa bo'ronga sabab bo'lgan va inglizlarning g'alaba qozonishiga imkon bergan. Ehtimol, [[Meteorologiya|meteorologiya]] bo'yicha bilimlaridan foydalangan holda, Di bo'ron boshlanishini bashorat qilgan va bo'ron o'tmagunga qadar, [[Ispaniya]] flotiliyasining qoldiqlari bilan shug'ullanish imkoniyati paydo bo'lmaguncha ingliz kemalarini dengizga olib chiqmaslikni taklif qilgan<ref>{{Kitob manbasi |title=1527 Birth of John Dee, The Original 007 |author=History Revealed |year=2017 |pages=16--17}}</ref>.

===Hayotining so'nggi yillari===
===Hayotining so'nggi yillari===

Di 1589-yilda Angliyaga qaytib keladi. Uning yo'qligi davrida, olti yil davomida Di yaratish uchun ko'p mehnat qilgan Mortleykdagi kutubxonasi talon-taroj qilingani, ko'plab qimmatbaho kitoblar va ilmiy asboblar yo'qolganini ko'radi.
Di 1589-yilda Angliyaga qaytib keladi. Uning yo'qligi davrida, olti yil davomida Di yaratish uchun ko'p mehnat qilgan Mortleykdagi kutubxonasi talon-taroj qilingani, ko'plab qimmatbaho kitoblar va ilmiy asboblar yo'qolganini ko'radi<ref>{{Kitob manbasi |title=The Life of Dr. John Dee (1527–1608) |author=Fell Smith, Charlotte. |publisher=London: Constable & Co |isbn=ISBN 9781291940411. |year=1909}}</ref>.

Qaytganiga ko'p o'tmay, Di Tomas Herriot bilan uchrashadi. Ularning ikkalasi Xarriot va Raliga qarshi ateizm ayblovlarini, shuningdek, matematika va tabiiy fanlardagi turli masalalarni muhokama qilishadi. 1590-yilda Xarriot Diga o'z asarlaridan birining nusxasini "Mening aziz do'stimga" yozuvi bilan yuboradi.

Qator 76: Qator 76:
Bir necha yillar davomida Di ma'lum bir lavozimga tayinlanishga va Kelli bilan sayohati davomida yetkazilgan moddiy yo'qotishlarni qoplashga harakat qildi. Avvaliga u Avliyo Ioannning xochi ustasi lavozimiga tayinlanishga intildi. Kenterberi arxiyepiskopi ham rozilik berish sharti bilan Yelizabet bu qarorni ma'qullagan. Biroq, o'sha davrdagi [[Arxiyepiskop|arxiyepiskop]] Jon Uitgift qattiq qarshilik ko'rsatgan.

1592-yilda Di vanihoyat Manchesterdagi Xristos kolleji rektori etib tayinlandi. Biroq, u o'z vazifalarini bajarishda qiynaldi, sabab uning boshqaruvidagi hamkasblar "yovuz sehrgar"ga bo'ysunishni xohlamadilar.
1592-yilda Di vanihoyat Manchesterdagi Xristos kolleji rektori etib tayinlandi. Biroq, u o'z vazifalarini bajarishda qiynaldi, sabab uning boshqaruvidagi hamkasblar "yovuz sehrgar"ga bo'ysunishni xohlamadilar<ref>{{Kitob manbasi |title=John Dee's Conversations with Angels: Cabala, Alchemy, and the End of Nature. |author=Harkness, Deborah E. |year=1999 |isbn=ISBN 978-1-107-26859-3. |publisher=Cambridge University Press.}}</ref>.

1603-yilda Yelizabetning oʻlimidan soʻng, Di oʻz homiylarini yoʻqotdi va eʼtibordan chetda qoldi. 1605-yilda [[Manchester|Manchesterda]] vabo tarqalib, Dining rafiqasi va uning bir necha farzandi halok bo'ldi. Shundan so'ng Di [[London|Londonga]] ko'chib o'tdi va u yerda kambag'allikda 1608-yil oxiri yoki 1609-yil boshida vafot etdi.

Qator 92: Qator 92:
Di [[Son|son]] [[Koinot|koinotdagi]] barcha narsalarning asosi va o'lchovi, hatto Xudoning dunyoni yaratishi sababi ham deb hisoblagan. [[Germetizm|Germetik]] falsafadan Di inson ilohiy kuchga ega bo'lish imkoniyatiga mavjudligiga ishongan, shu bilan birga, u matematikani mukammal o'rganish orqali ilohiylikka erishish mumkinligiga ishongan. Di uchun Kabbalada mashq qilish va farishtalarni chaqirish numerologiyaga asoslangan navigatsiya hamda matematikaning boshqa ilg'or tadqiqotlarini ikki jihatini ifodalagan.

Di o'zining maqsadini [[Xristianlik|xristianlikning]] birinchi asrlaridagi murakkab bo'lmagan ilohiyotga murojaat qilish orqali [[Protestantizm|protestant]] va [[Katolitsizm|katolik]] [[Cherkov|cherkovlari]] o'rtasidagi kelishmovchilikni bartaraf etish va shu tariqa umumjahon dinini yaratishda deb bilgan.
Di o'zining maqsadini [[Xristianlik|xristianlikning]] birinchi asrlaridagi murakkab bo'lmagan ilohiyotga murojaat qilish orqali [[Protestantizm|protestant]] va [[Katolitsizm|katolik]] [[Cherkov|cherkovlari]] o'rtasidagi kelishmovchilikni bartaraf etish va shu tariqa umumjahon dinini yaratishda deb bilgan<ref>{{Kitob manbasi |title="Like Father, Like Son?". John Dee: Interdisciplinary Studies in English Renaissance Thought. International Archives of the History of Ideas/Archives internationales d'histoire des idées. Vol. 193. |author=Johnston, Stephen. |year=2006 |pages=65-84 |isbn=ISBN 1-4020-4245-0. |doi=10.1007/1-4020-4246-9_4}}</ref>.

25-Iyun 2024, 01:38 dagi koʻrinishi

Jon Dee Reje - Jon Di tahallusi bilan tanilgan 1527-yil 13 iyulda Angliyada tug'ilgan. Britaniyalik faylasuf, matematik, geograf, astronom, alkimyogari va astrolog-munajjim. Jon Dining faoliyatiga qiziqishni Odam Ato tilining mavjudligi muammosiga bo'lgan qiziqishi uchun olgan. Ushbu tilni o'rganish uchun u ko'plab folbinlarni jalb qilgan.

John Dee Reje

Noma'lum rassom tomonidan XVI asrda chizilgan portret.
Tavalludi 7-yanvar 1527-yil
Tauer Uard, London, Angliya
Vafoti 26-mart 1609-yil(1609-03-26)
(81 yoshda)
Mortleyk, London, Angliya
Fuqaroligi Angliya
Kasbi faylasuf, matematik, astronom, munajjim, geograf, kartograf, kotib
Dini nasroniy
Turmush oʻrtogʻi Djeyn Di
Bolalari Artur Di
Otasi Roland ap Bedo ap Dafydd Ddû ap John Dee
Onasi Jane ferch William Wilde

Biografiya

Yoshlik yillari

1527-yil 13-iyulda Londonning Tover Ward shahrida tug'ilgan. Joanna Wilde saroyida katta lavozimda faoliyat olib borgan va matolar bilan savdo qilgan Roland Dining yagona o'g'li. Dee familiyasi valliy tilidan kelib chiqib, "qora" degan ma'noni beradi.

1535-yildan Essex shtatining Chelmsford shahridagi maktabda oʻqiydi. 1542-yil noyabr oyida Kembrijning Avliyo Ioann kollejiga oʻqishga kiradi va u yerda lotin, qadimgi yunon tillari, falsafa, geometriya, arifmetika hamda astronomiyani oʻrganadi[1]. Tarixshunoslarning fikriga ko'ra, Di kuniga 18 soatini o'qishga, to'rt soatini uyquga va ikki soatini ovqatlanishga bag'ishlagan. Uning asosiy ishtiyoqi matematikada bo'lgan. Shu bilan bir qatorda mexanika, kartografiya va navigatsiyaga ham qiziqgan.

1546-yilda Di astronomik kuzatishlar va astrologik prognozlar qilishni boshladi. O'sha yillari Di bakalavr darajasini oladi va kollej kengashi a'zosiga aylanadi. Dekabr oyida Di yangi tashkil qilingan Trinity kollejining boshqaruv kengashi a'zosiga aylanadi, keyinchalik bu kollej Kembrijdagi eng katta kollejlarga aylanadi.

Di ramzi, uning ma'nosini u Monas ieroglifi sifatida tushuntirgan.

Angliyadagi ilmiy muhitdan norozi bo'lgan Di 1548-1551 yillarda Yevropa bo'ylab sayohat qilishni boshlaydi. 1548-yil 24-iyunda u Yevropadagi eng yirik katolik universitetlaridan biri joylashgan Leven shahriga keladi. U yerda Di, Gemma Frisius va Gerardus Mercator bilan hamkorlikda ishlagan. Tez orada u Merkator bilan yaqin do'st bo'ladi. Keyinchalik Merkator va Di birgalikda koinotning yangi modellarini yaratganlar. Di astronomiya bo'yicha ikki risolasini aynan Leuven shahrida yozgan.

1550-yilda Di Bryusselga matematiklar bilan uchrashib, tajriba almashish uchun yo'l oladi va u yerda Pedro Nunes bilan do‘stlashadi. Keyinchalik, shu yilning o'zida Di Parijga boradi va u yerda Yevklidning elementlari haqida ma'ruza o'qiydi. Yosh bo'lishiga qaramay, Di o'zini tajribali o'qituvchi sifatida namoyon qiladi. Uning chiqishlari juda mashhur bo'lgan. 1551-yilda, Di Parijda matematika professori lavozimini egallash taklifini oladi, ammo u rad etadi.

Angliyaga qaytib, 1552-yil fevral oyida u Pembrokning 1-grafi va o'sha yilning oxirida Nortumberlend gertsogi xizmatiga kirdi. Gertsoglik xizmati vaqtida u suv toshqini haqida risola yozgan. O'sha yili Di Londonda Gerolamo Kardano bilan uchrashadi, Di ​​va Kardano abadiy harakat muammosi, shuningdek, go'yoki sehrli xususiyatlarga ega bo'lgan qimmatbaho toshni o'rganish ustida birga ishlaydilar[2].

1553-yilda katolik Meri Tyudor hokimiyat tepasiga kelgach, Angliyada protestantlarga qarshi repressiyalar boshlandi. Avgust oyida Jon Dining otasi Roland Di hibsga olingan. Tez orada uni ozod qilishdi, biroq moliyaviy jamg‘armalari musodara qilingan. Diga oziq-ovqat haqida qayg'urmasdan, umrining oxirigacha o'zini ilmiy izlanishlarga bag'ishlash imkonini beradigan muhim moliyaviy xavfsizlik yo'qoladi.

Biroq jiddiy moliyaviy qiyinchiliklarga qaramay, 1554-yilda Di Oksford universitetida matematika professori lavozimini egallash taklifini rad etadi. Rad etishning asl sababi esa, Dining Angliyadagi ta'lim tizimidan noroziligi edi. Uning fikriga ko'ra, ritorika va grammatika o'qitishga juda ko'p e'tibor qaratilgan. Biroq, kvadrivium san'ati ya'ni arifmetika, geometriya, musiqa va astronomiya e'tibordan chetda qoldirilgan.

1555-yil 28-mayda Di "hisob-kitoblari" uchun hibsga olingan - o'sha davr uchun matematika jamiyat tomonidan jodugarlikka teng qilingan. Ehtimol, ular Di tomonidan Meri Tudor va malika Yelizabetta uchun tuzilgan munajjimlar bashoratini nazarda tutilgan. Shu bilan bir qatorda Diga yana davlatga xiyonat ayblovi ham qo'yildi. Biroq, Di Yulduzli palata sudi oldida o'zini oqlashga muvaffaq bo'lgan. Biroq, uni ozod qilish o'rniga, diniy so'roq qilish uchun radikal katolik yepiskopi Bonnerga topshirganlar. Protestant bo'lgan Di bu safar ham o'zini oqlashga muvaffaq bo'ldi va avgust oyida uch oylik qamoqdan so'ng ozodlikka chiqdi. Hibsga olinganidan keyin Di qolgan daromad manbalarini barchasini yo'qotdi. Taxminan shu vaqtda Dining otasi ham vafot etdi va o'g'liga deyarli hech qanday meros qoldirmadi.

1556-yil 15-yanvarda Di Meri Tudorga barcha sohalaridagi muhim kitoblar to'plami bo'lgan Qirollik kutubxonasini tashkil etish rejasini taqdim etadi. Biroq ushbu reja rad etildi va uning o'rniga olim o'zi uchun Mortleykdagi uyida shaxsiy kutubxona tuzishga kirishadi. Moliyaviy qiyinchiliklarga qaramay, Di butun Yevropa bo'ylab ilmiy ishlarni ishtiyoq bilan to'plashni davom etdi. Uning hayoti davomida kitoblari to'plami Angliyadagi eng katta kutubxonaga aylangan va o'sha davrning ko'plab olimlarini o'ziga jalb qilgan, shu bilan bir qatorda universitet devorlari tashqarisidagi eng yirik ilmiy markazga aylangan[3].

1558-yilda Mariy I Tyudor vafotidan so'ng angliyalik Yelizaveta taxtga o'tirdi va Angliyada protestantizmni tikladi. Di tezda yangi qirolichaga juda yoqdi, Yelizabeta Dini o'zining shaxsiy munajjimi va fan masalalari bo'yicha maslahatchisi lavozimiga tayinladi. Di o'zi tuzgan munajjimlar bashorati asosida Yelizabetning toj kiyish uchun eng qulay sanani belgilagan.

Taxminlarga ko'ra, Di Yelizabeta uchun josuslik bilan ham shug'ullangan. Olimlar va munajjimlar davrasidagi mavqei tufayli u butun Yevropa bo'ylab olimlar, ziyolilar va saroy a'yonlari o'rtasida keng aloqalar tarmog'iga ega bo'lgan va bundan ma'lumot to'plash uchun foydalangan. Di qirolichaga yozgan maktublariga imzo sifatida "007" raqamidan foydalangan. Ikkita nol Elizabetning ko'zlari anglatadi, 7 esa alkimyogarlar uchun baxtli raqamni anglatgan.

Yetuklik yillari

1561-yilda u Robert Rekordning matematika bo'yicha mashhur kitobi "San'at asoslari"ni to'ldirdi va kengaytirdi. 1564-yilda u o'zining "Buyuk sehrgar" maqomini Kabbala va geometrik sehr haqidagi eng mashhur kitobi "Monas ieroglifi"ni nashr etish orqali tasdiqladi. Uning uyi Yelizabeta davridagi germetizm muxlislari uchun norasmiy Akademiyaga aylandi. Ushbu uyda ilmiy asboblarni saqlash uchun xonalar, talabalar uchun turar joy va 5 ga yaqin kutubxona mavjud edi. Jon Di kutubxonasi butun Uygʻonish davrini qamrab olgan va Angliyadagi eng yirik ilmiy kutubxonalardan biri boʻlgan. 1570-yilda Yevklidning inglizcha tarjimasiga so'zboshi yozgan. 1576-yilda Martin Frobisher bilan birgalikda u Sharqqa afsonaviy shimoliy yo'lni izlash uchun Atlantika okeanini kesib o'tdi. 1577-yilda uning "Navigatsiya san'ati" kitobi nashr etildi, unda u doimiy Britaniya flotini yaratishni yoqladi.

1588-yilda Di go'yoki yengilmas Armadani la'natlagan, bu esa bo'ronga sabab bo'lgan va inglizlarning g'alaba qozonishiga imkon bergan. Ehtimol, meteorologiya bo'yicha bilimlaridan foydalangan holda, Di bo'ron boshlanishini bashorat qilgan va bo'ron o'tmagunga qadar, Ispaniya flotiliyasining qoldiqlari bilan shug'ullanish imkoniyati paydo bo'lmaguncha ingliz kemalarini dengizga olib chiqmaslikni taklif qilgan[4].

Hayotining so'nggi yillari

Di 1589-yilda Angliyaga qaytib keladi. Uning yo'qligi davrida, olti yil davomida Di yaratish uchun ko'p mehnat qilgan Mortleykdagi kutubxonasi talon-taroj qilingani, ko'plab qimmatbaho kitoblar va ilmiy asboblar yo'qolganini ko'radi[5].

Qaytganiga ko'p o'tmay, Di Tomas Herriot bilan uchrashadi. Ularning ikkalasi Xarriot va Raliga qarshi ateizm ayblovlarini, shuningdek, matematika va tabiiy fanlardagi turli masalalarni muhokama qilishadi. 1590-yilda Xarriot Diga o'z asarlaridan birining nusxasini "Mening aziz do'stimga" yozuvi bilan yuboradi.

Jon Di yodgorlik taxtasi 2013-yilda Mortleykdagi Bokira Maryam cherkovi ichiga o'rnatilgan.

Bir necha yillar davomida Di ma'lum bir lavozimga tayinlanishga va Kelli bilan sayohati davomida yetkazilgan moddiy yo'qotishlarni qoplashga harakat qildi. Avvaliga u Avliyo Ioannning xochi ustasi lavozimiga tayinlanishga intildi. Kenterberi arxiyepiskopi ham rozilik berish sharti bilan Yelizabet bu qarorni ma'qullagan. Biroq, o'sha davrdagi arxiyepiskop Jon Uitgift qattiq qarshilik ko'rsatgan.

1592-yilda Di vanihoyat Manchesterdagi Xristos kolleji rektori etib tayinlandi. Biroq, u o'z vazifalarini bajarishda qiynaldi, sabab uning boshqaruvidagi hamkasblar "yovuz sehrgar"ga bo'ysunishni xohlamadilar[6].

1603-yilda Yelizabetning oʻlimidan soʻng, Di oʻz homiylarini yoʻqotdi va eʼtibordan chetda qoldi. 1605-yilda Manchesterda vabo tarqalib, Dining rafiqasi va uning bir necha farzandi halok bo'ldi. Shundan so'ng Di Londonga ko'chib o'tdi va u yerda kambag'allikda 1608-yil oxiri yoki 1609-yil boshida vafot etdi.

Shaxsiy hayot

Di uch marta oila qurgan va sakkiz farzandning otasi bo'lgan. Uning katta o'g'li Artur Di kabi alkimyo va germetik falsafani o'rgangan. Jon Obri Dining tashqi ko'rinishini quyidagicha ta'riflaydi: “U baland va ozg'in edi. U yegni tirsagidan ochilgan, uzun tirqishli, san’atkorlar kiyadigan libosga o‘xshash xalat kiyishni xush ko'radi. Yuzi juda tiniq, qip-qizil... uzun sutdek oppoq soqolli, juda chiroyli odam."

Yutuqlari

Dunyoqarashi

Di dindor nasroniy edi, lekin uning dunyoqarashida Uyg'onish davrida keng tarqalgan germetizm, platonizm va pifagorizm falsafiy ta'limotlari muhim rol o'ynagan.

Di son koinotdagi barcha narsalarning asosi va o'lchovi, hatto Xudoning dunyoni yaratishi sababi ham deb hisoblagan. Germetik falsafadan Di inson ilohiy kuchga ega bo'lish imkoniyatiga mavjudligiga ishongan, shu bilan birga, u matematikani mukammal o'rganish orqali ilohiylikka erishish mumkinligiga ishongan. Di uchun Kabbalada mashq qilish va farishtalarni chaqirish numerologiyaga asoslangan navigatsiya hamda matematikaning boshqa ilg'or tadqiqotlarini ikki jihatini ifodalagan.

Di o'zining maqsadini xristianlikning birinchi asrlaridagi murakkab bo'lmagan ilohiyotga murojaat qilish orqali protestant va katolik cherkovlari o'rtasidagi kelishmovchilikni bartaraf etish va shu tariqa umumjahon dinini yaratishda deb bilgan[7].

Manbalar

  1. Розмари Эллен Гуили.. Энциклопедия магии и алхимии = The Encyclopedia of Magic and Alchemy.. Санкт-Петербург: Азбука , Азбука-Аттикус, 2013 — 178 bet. ISBN ISBN 978-5-389-05695-4.. 
  2. Gerolamo Cardano. De Vita Propria (The Book of My Life). New York: New York Review of Books, 2002. 
  3. „A magical glimpse into the Tudor imagination: Lost library of John Dee to be revealed.“ (2016-yil 18-yanvar). 2016-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  4. History Revealed. 1527 Birth of John Dee, The Original 007, 2017 — 16--17 bet. 
  5. Fell Smith, Charlotte.. The Life of Dr. John Dee (1527–1608). London: Constable & Co, 1909. ISBN ISBN 9781291940411.. 
  6. Harkness, Deborah E.. John Dee's Conversations with Angels: Cabala, Alchemy, and the End of Nature.. Cambridge University Press., 1999. ISBN ISBN 978-1-107-26859-3.. 
  7. Johnston, Stephen.. "Like Father, Like Son?". John Dee: Interdisciplinary Studies in English Renaissance Thought. International Archives of the History of Ideas/Archives internationales d'histoire des idées. Vol. 193., 2006 — 65-84 bet. DOI:10.1007/1-4020-4246-9_4. ISBN ISBN 1-4020-4245-0..