Rosa abyssinica: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Wikisurgery94 (munozara | hissa)
Rosa abyssinica“ sahifasi tarjima qilib yaratildi
(Farq yoʻq)

12-Oktyabr 2022, 13:37 dagi koʻrinishi

Rosa abyssinica
Ilmiy tasniflash edit
Missing taxonomy template (fix): Rosa
Species:
Binomial name
Template:Taxonomy/RosaAndoza:Speciesbox/trim Andoza:Speciesbox/getSpecies
Synonyms

Rosa abyssinica var. microphylla Crép.

Rosa abyssinica
Maxsus tasnifiedit
Olam: Plantae
Sinf: Tracheophytes
Sinf: Angiosperms
Sinf: Eudicots
Sinf: Rosids
Tartib: Rosales
Oila: Rosaceae
Turkum: Rosa
Tur:
R. abyssinica
Binomial nomi
Rosa abyssinica

Sinonimlari

Rosa abyssinica var. microphylla Crép.

Rosa abyssinica [1] Afrikada yetishtirilgan va keng tarqalgan yagona atirguldir. Ovrupoliklar atirgul haqida birinchi bo'lib 19-asr Shotlandiya botaniki Robert Brownning asarlarida bilishgan. [2] Rosa abyssinica Rosa jinsiga va Rosaceae oilasiga kiradi. [3] Hayot kechirishi va biologik tasnifida hech qanday kichik tur mavjud emas. [3]

Tavsifi

Rosa abyssinica - bu o'rmalovchi yoki ko'pincha chirmashib o'suvchi shaklli, 23 fut (7 metr) balandlikdagi kichik daraxt hosil qila oladigan tikanli doimiy yashil buta hisoblanadi. Uning poyasida bir nechta tikanlari bor, asosiy poyadan bir oz egilgan va barcha novdalari bir-biriga o'xshash. U juda ko'p o'zgaruvchan xususiyatlarga ega. Barglari murakkab va terisimon shaklga ega bo'lib, uning uchida 3 juft varaqchalari bor, ularning har biri 5 dan 2 dyumgacha (1 dyuymgacha) tor tuxumsimon shaklli (3 sm dan 6 gacha) uchi o'tkir, qirrasi tishli, barglari stipulalar bilan qoplangan bo'lib qanotli qisqa poyada joylashgan. Gullari xushbo'y oq-to'q sariq rangda bo'lib, odatda 3 dan 20 gacha qalin boshli, har bir poyali, cho'tkasi uzun, tor va tukli, tez vaqt ichida to'kiluvchan va 5 ta gulbargga ega, taxminan 2 sm uzunlikdagi, uchi kvadratgacha yumaloq, ko'p stamensli tuzilishga ega. Mevalari dastlab yashil rangga kiradi, ammo keyin to'q sariqdan qizil ranggacha o'zgarib pishadi. Ularning uzunligi taxminan 1 dyum (2 sm) bo'lib, g'ovaksimon qobiqli va ichida urug' bilan to'lgan bo'ladi [4] Ba'zi manbalarda bu o'simlikni "Katta tikanli it atirguli" [5] deb ta'riflangan.

Geografik tarqalishi

Rosa abyssinica asosan Efiopiya, Eritreya, Yaman va kamroq darajada Saudiya Arabistoni, [6] Somali va Sudanda keng tarqalgan. [7] U Efiopiya tog'larida va Yaman tog'larida Bab-el-Mandeb bo'g'ozi bo'ylab turli xildagi turkumga oid turlari uchraydi, shuningdek, Primula verticillata va boshqa bir nechta o'simliklar bilan parallel ravishda tarqaladi. [5] U odatda togʻli hududlarda, quruq doimiy yashil oʻrmonlarda, chakalakzorlarda, kengliklarda, togʻ butazorlarida, toshloq joylarda tarqalgan bo'lib, qirgʻoq boʻyidagi tuzilmalarda chakalakzorlarni hosil qiladi.

Foydalanishi

Rosa abyssinica asosan oziq-ovqat (mevasi va guli), dorivor (meva), bog' va bezak sifatida qo'llaniladi. [8]

Rosa abyssinica ba'zan qishloqlaridagi bog'larni va turar joylarni o'rab turadigan "tirik devor" sifatida o'stiriladi [9] .

Rosa abyssinica mevasi (urug'lari) asosan bolalar tomonidan iste'mol qilinadi va charchoqni yoki kuchsizlanishni biroz engillashtiradi, degan tahminlar bor [10] Qushlar va ba'zi hayvonlar uchun Rosa abyssinicaning mevalari iste'mol qilinadi (babunlar ham gullarni iste'mol qiladilar). Tibbiyotda mevasi qurtlarga qarshi dori sifatida keng qo'llaniladi (ilgak, lenta va dumaloq shaklda). Ezilgan barglari esa gepatitni davolashda ishlatiladi. [11]

Umumiy va mahalliy nomlari

Afrika atirgullari, Efiopiya atirgullari, Yovvoyi Efiopiya atirgullari, Habash atirgullari (inglizcha), Kega (Efiopiya — Amhar), Vard (Yaman — Arabcha), Qaqavvi (Oromo), Dayero (Somali) [12]

Manbalar

  1. R.Br., 1814 In: Salt, Voy. Abyss. App. 64
  2. Brown, Robert. The Miscellaneous Botanical Works of Robert Brown, Volume 1. London England: Robert Hardwicke, 1866. 
  3. 3,0 3,1 Roskov Y. {{{editor}}}: „Species 2000 & ITIS Catalogue of Life: 2014 Annual Checklist.“. Species 2000: Reading, UK. (2014).
  4. Hedberg, I. „Category 3: 'Wild Food Plants Attracting Additional Consumer Categories“. Ethiopia: Famine Food Field Guide (2014).
  5. 5,0 5,1 Grimshaw. „John Grimshaw's Garden Diary: Three interesting roses“. John Grimshaw's Garden Diary (2010-yil 28-may). Qaraldi: 2019-yil 16-avgust. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "Grimshaw" defined multiple times with different content
  6. „Flowers of Saudi Arabia | Saudi Arabian Flora“ (en-US). Splendid Arabia. Qaraldi: 2020-yil 26-iyun.
  7. „Rosa abyssinica in Global Plants on JSTOR“. plants.jstor.org. Qaraldi: 2019-yil 16-avgust.
  8. „Useful Trees, Rosa abyssinica“. Old World Agroforestry.
  9. J.W. Watson and P.B. Eyzaguirre, editors. „Home gardens and in situ conservation of plant genetic resources in farming systems“. Biodiversity International (17–19 july 2001).
  10. Chekole, Getnet; Asfaw, Zemede; Kelbessa, Ensermu (2015-01-07). "Ethnobotanical study of medicinal plants in the environs of Tara-gedam and Amba remnant forests of Libo Kemkem District, northwest Ethiopia". Journal of Ethnobiology and Ethnomedicine 11: 4. doi:10.1186/1746-4269-11-4. ISSN 1746-4269. PMID 25572933. PMC 4417315. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4417315. 
  11. Eland, F.L.S. „Plant Lives, Rosa abyssinica“. Plant Biographies (1991–2013).
  12. „Category3“.