Zuhhodxon
Qiyofa
Zuhhodxon – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan turkistonlik tasavvuf shayxi. Sharqiy Turkistonda tugʻilib, voyaga yetgan. Buxoro madrasasida taʼlim olgan. Soʻng Xorazmga borib, Shayx Najmiddin Kubroga murid tushgan. Shayxdan ijozat olganidan keyin Xurosonga kelib, kubraviylik tariqatining yoyilishiga oʻz hissasini qoʻshgan. Qabri Chechaktu Hisor viloyatida. Ushbu shayx haqidagi faslni “Nasoyim ul-muhabbat”ga Alisher Navoiyning oʻzi yozib, kiritgan[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |