Zubturumdoshlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vikipediya:TaksonomiyaHow to read a taxobox
Zubturumdoshlar
Plantago major.jpg
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik

Zubturumdoshlar (Plantaginaceae) — ikki urugʻpallali yoki magnoliyasimonlar sinfiga mansub koʻp yillik va bir yillik oʻsimliklar oilasi. 260 turni oʻz ichiga olgan 3 turkumdan iborat. Oiladagi eng katta turkum zubturum (Plantago) moʻʼtadil iqlimli mintaqalarda oʻsadi. Bir necha turdan tashkil topgan litorella (Litorella) turkumi faqat Yevropa, Azor orollari va Janubiy Amerikada uchraydi. Bitta turdan iborat bouguyeria (Bougueria) turkumi esa Jan. Amerika uchun endemik hisoblanadi. Oʻzbekistonda Z.ning 6 turi usadi. Ularning gullari mayda, rangsiz, guldor poya uchi-dagi boshoqsimon toʻpgulga joylashgan. Gul boʻlaklari toʻrtta (kosabargi toʻrtta, tojbargi toʻrtta, changchisi toʻrtta, urugʻchisi ikkita), tojbarglari rangsiz yupqa pardachadan iborat. mevasi qopqoqchali koʻsakcha, chorva mollari uchun oziklik qiymati kam, baʼzi turlari dorivor hisoblanadi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil