Zsuzsa Verőci

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Veroci 1982-yilda Dortmundda

Zsuzsa Veroci (vengercha: [ˈʒuʒɒ ˈvɛrøːt͡si] ; 1949-yil 19-fevralda tugʻilgan) — vengriyalik ayol shaxmatchi. U ayol xalqaro usta (WIM) va ayol grossmeyster (WGM) unvonlariga ega.[1] Shuningdek, u 1995-yildan beri FIDE xalqaro hakami hisoblanadi.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zsuzsa Veroci 1949-yil 19-fevralda Vengriyaning Budapesht shahrida tugʻilgan.[2][1]

Zsuzsa Verocining hozirgi FIDE reytingi 2253 ballga teng. 2003-yil iyulidan 2004-yil apreligacha boʻlgan eng yuqori reytingi esa 2315 ballni tashkil etgan.[3]

Zsuzsa Veroci shaxmatning zamonaviy blits va rapid singari yoʻnalishlaridagi shaxmat musobaqalarida ishtirok etmagan. Uning koʻrsatkichlari anʼanaviy shaxmat musobaqalarida toʻplagan ballariga asoslanadi.

Shaxmatdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Veroci 1966—1992-yillarda ayollar shaxmat olimpiadasida Vengriya nufuzini oʻn marta himoya qilib, uchta shaxsiy kumush va ikkita bronza medallarini qoʻlga kiritgan.[4]

Vengriya terma jamoasi tarkibida 10 ta Olimpiada musobaqalarida (1966-1974, 1978-1986 va 1992-yillar) ishtirok etgan. 1978—1986-yillarda Vengriya terma jamoasini boshqargan. Shu yildagi olimpiadalarda u ikki marta 1-taxtada oʻynab 2-oʻrinni egallaydi. 1980-yilgi musobaqada esa 10/13 ball, 1982-yilda 10½ /14 ball jamgʻaradi.

Veroci 1970-yillarning boshidan buyon jahon chempionati musobaqalarida ishtirok etib kelgan.

Xalqaro turnirlar:

  • O. Menorka (1973);
  • Rosendal (1976);
  • Rio-De-Janeyro (1979);
  • Tbilisi (1982);
  • Havana (1985);
  • Tuzla (1987);
  • Challenger (1980)dagi musobaqada N. Ioseliani tomonidan magʻlubiyatga uchradi— 3 : 6 (+0 −3 =6).

1969-yili Zsuzsa Veroci FIDE ayol xalqaro usta maqomini qoʻlga kiritdi. 1978-yilda esa u ayol grossmeyster unvoniga ham sazovor boʻldi. 2015-yildan buyon FIDE shaxmat treneri vazifasini bajarib kelgan. Bugungi kunda Zsuzsa Veroci shaxmatdagi faoliyatini toʻliq yakunlagan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Gaige, Jeremy (1987), Chess Personalia, A Biobibliography, McFarland, 444-bet, ISBN 0-7864-2353-6
  2. „The chess games of Zsuzsa Veroci Petronic“. Chessgames.com. Qaraldi: 7-noyabr 2016-yil.
  3. „FIDE Login required“. Ratings.fide.com. Qaraldi: 7-noyabr 2016-yil.
  4. Wojciech Bartelski. „Women's Chess Olympiads :: Zsuzsa Verőci-Petronić“. OlimpBase.org. Qaraldi: 7-noyabr 2016-yil.