Zootsidlar
Qiyofa
Zootsidlar (grekcha: ζῷον + lotincha: caeda — oʻldiraman, yoʻqotaman) — qishloq xoʻjaligi zararkunandalari, asosan, kemiruvchilar (rodentitsidlar), kalamushlar (ratitsidlar) va qushlar — kaptarlar, chumchuqlar, gʻurraklar (avitsidlar)ga qarshi kurashda qoʻllanadigan kimyoviy preparatlar. Pestitsidlar guruhiga kiradi. Aksariyat hollarda ichdan taʼsir koʻrsatadigan pestitsidlar zaharli xoʻrak tarzida qoʻllanadi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑
„Zootsidlar“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (Z-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |