Kontent qismiga oʻtish

Zokir Inogʻomov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zokir Inogʻomov (1919-yil 1-yanvar – Toshkent – 1996-yil 4-noyabr) – Oʻzbekiston xalq rassomi (1991). P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtida taʼlim olgan (1936—1940). Inogʻomov asarlari milliy ruhi, qahramonlarining qiyofalari jonli, hayotiy ifodalanganligi bilan diqqatga sazovor. Mashhur asarlari: „Onalik“, „Choʻponning qoʻshigʻi“, „Choyga“, „Kuz“ (1957), „Choyxonachi“ (1958), „Dalada nonushta“, „Chirchiq vodiysida“ (1960), „Indoneziyalik mehmon“ (1961), „Xirmonda“ (1966), „Mosh hosili“ (1980), „Beshik toʻy“ (1983), „Tugʻilgan kun“ (1984). Orol mavzuida „Baliq dudlash“, „Kelinchak“, „Orol“ va boshqa turkum asarlar, natyurmortlar, avtoportret va boshqalarni ham yaratgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil