Zokir Inogʻomov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Zokir Inogʻomov (1919.1.1 - Toshkent — 1996.4.11) — Oʻzbekiston xalq rassomi (1991). P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtida taʼlim olgan (1936—40). I. asarlari milliy ruhi, qahramonlarining qiyofalari jonli, hayotiy ifodalanganligi bilan diqqatga sazovor. Mashhur asarlari: "Onalik", "Choʻponning qoʻshigʻi", "Choyga", "Kuz" (1957), "Choyxonachi" (1958), "Dalada nonushta", "Chirchiqvodiysida" (1960), "Indoneziyalik mehmon" (1961), "Xirmonda" (1966), "Mosh hosili" (1980), "Beshik toʻy" (1983), "Tugʻilgan kun" (1984). Orol mavzuida "Baliq dudlash", "Kelinchak", "Orol" va b. turkum asarlar, natyurmortlar, avtoportret va b. ham yaratgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil