Zohir A’lam
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zohir Aʼlam 1943-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetini tamomlagan (1965).
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Birinchi kitobi — «Baxtli bilet» (1972). «Muqaddima» (1978), «Hammasi bir binoda», «BAM manzaralari» (1978), «Kiyik ko‘zlari» (1981), «O‘sma ketar, qosh qolar» (1981), «Ota o‘gitlari» (1985), «Zarb» (1987) kabi kitoblari nashr etilgan. «Afandining qirq bir pashshasi» (shu nomda kissa ham yozgan, 1989) nomli pesasi ham bor. Zohir Aʼlam mohir publitsist sifatida ham ancha samarali ijod qilgan. Uning «Boyovut» (1986), «Mayiz atrofidagi gaplar» (1990), «Jomboy hangomalari» (1991) kabi publitsistik maqolalarida davrning katta va dolzarb muammolari o‘z ifodasini topadi. Xususan, iqtisodiyot, xo‘jalik ishlari, huquq targ‘ibotlari haqidagi fikr-mulohazalari bayon etiladi. Bu boradagi kamchiliklar ochib tashlanadi.
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]«Baxtli bilet» (1972) «Muqaddima» (1978) «Hammasi bir binoda» «BAM manzaralari» (1978) «Kiyik ko‘zlari» (1981) «O‘sma ketar, qosh qolar» (1981) «Ota o‘gitlari» (1985), «Zarb» (1987)
Tarjimalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Plutarxning «Iskandar Makidunli» (1998) asarini hamda P. Vasilevning «To‘siq», «O‘lchamlar» kabi qissalarini, rus adibi S. Zaliginning «Komissiya» romanini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. [1]
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ „Zohir A’lam (1943-2014)“. Ziyo.uz. Qaraldi: 13-dekabr 2022-yil.