Ziya Gökalp

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ziyo koʻkalpdan yoʻnaltirildi)

Mehmet Ziya Gökalp (talaffuzi: Mehmet Ziya Goʻkalp; 1876-yil 23-mart, Diyorbakir – 1924-yil 25-oktyabr, Istanbul) – turkiyalik faylasuf va sotsiolog[1]. Turkiya Respublikasida milliy mafkura va sotsiologiya faniga asos solgan. Yoshligidan boshlab Turkiyada sultonlik tuzumiga qarshi kurashdi. „Yosh qalamlar“ jurnaliini nashr qildirdi (1908-yildan). Gökalp barcha turkiy xalklarni turkchilik asosida birlashtirish tarafdori, turkiy dunyo birligi gʻoyalarini nazariy jihatdan ishlab chiqdi. Buning uchun Usmonlilar sultonligi tomonidan taʼqib va quvgʻinga uchradi, surgun qilindi va qamoqqa tashlandi (1918). Keyinchalik Mustafa Kemal Atatürk tomonidan Turkiya Respublikasining masʼul lavozimlariga tayinlandi. Yosh Turkiyaning milliy mafkurasini ishlab chikdi. Turkiyada 9 jildlik kulliyoti chop qilindi (1952—1982). Gökalpning tarixga oid asarlarida Turkiya va turkiy xalqlarning demokratik va milliy mustaqillik, taraqqiyot yoʻliga oʻtishining tarixiy, siyosiy tafsilotlari, nazariy muammolari, tajribasi va eng muhimi, turkiy tamaddunning kelgusi taraqqiyot yoʻllari bayon etilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Zohidiy A., Umumbashariy turkiy sivilizatsiya: muammolar va yechimlar, Toshkent, 1994-yil.
  • Oʻzbekistonning yangi tarixi, 2-kitob (Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida), Toshkent, 2000-yil.
  • Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Berkes, Niyazi (1936). „Sociology in Turkey“. American Journal of Sociology. 42-jild, № 2. 238–246-bet. doi:10.1086/217392. JSTOR 2768789. S2CID 145804422.