Kontent qismiga oʻtish

Zino

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Logo of zina haram.

Zino (arabcha: الزنا — buzuklik, fahsh, zinokorlik) — islom aqidasiga koʻra, erkak va ayolning sharʼiy nikohsiz jinsiy aloqada boʻlishi. Zino islomda qattiq qoralanadigan gunohlardan hisoblanadi. Qurʼonda "Zinoga yaqinlashmanglar! Chunki (bu) buzukliqdir — eng yomon yoʻldir", deyilgan (17:32). Shariatda Zino uchun yuz darra urishdan tortib oʻlim (toshboʻron qilish) jazosigacha belgilangan. Lekin jazoga hukm qilish uchun Zino bilan ayblanuvchilarning oʻzlari iqror boʻlishi yoki toʻrtta ishonchli guvohning guvoxlik berishi shart qilingan. Aks holda, diniy manbalarda aytilishicha, arzimagan sabablar bilan insonning obroʻsi toʻkilishi, igʻvogar, boʻhtonchilarga qoʻl kelishi mumkin[1].

  1. „Zino“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (Z-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.