Zhao Junzhe
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Zhao Junzhe | ||
Tavallud sanasi | 19-aprel 1979-yil | ||
Tavallud joyi | Shenyang, Liaoning, Xitoy | ||
Boʻyi | 1.83 m | ||
Ampluasi | Yarimhimoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1985—1997 | Liaoning F.C. | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1998—2016 | Liaoning F.C. | 405 | (51) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
1998—2008 | Xitoy | 71 | (2) |
Boshqargan klublari | |||
2017 | Liaoning F.C. (Yordamchi) | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (10-sentabr 2016-yil uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (30-oktabr 2016-yil uchun) |
Zhao Junzhe (talaffuzi: Chjao Szyunchje) (1979-yil 19-aprelda tugʻilgan) — nafaqadagi xitoylik futbolchi, asosan Xitoy Superligasining „Lyaoning“ klubida oʻynagan.
Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Zhao Junzhe klubning yoshlar akademiyasidan Liaoning FKning asosiy jamoasiga koʻtarilgan va 1998-yilgi mavsumda debyut qilgan. U oʻsha mavsumda Liaoning uchun muhim oʻyinchi boʻlgan va ularga Xitoy FA kubogida ikkinchi oʻrinni egallashga yordam bergan[1]. Keyingi mavsumda u klub sardori lavozimiga koʻtarilgan. 2004-yilda Xitoy futbol assotsiatsiyasining yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qoʻlga kiritgan. Keyingi mavsumlarda klubning mavqeyi tushib ketgan va 2008-yilgi mavsum oxirida Zhao klubi bilan ikkinchi divizionga yoʻl olgan. Ushbu muvaffaqiyatsizlikka qaramay, u jamoada qolgan va 2009-yilgi mavsumda ikkinchi divizion chempionligini qoʻlga kiritishgan. Zhao 2016-yilgi mavsum oxirida futboldan ketishini eʼlon qilgan. 2016-yilning 30-oktabr kuni u faoliyatidagi soʻnggi marta „Jiangsu Suning“ga qarshi liga oʻyinida maydonga tushgan[2].
Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Zhao 2002-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun oʻsha paytdagi murabbiy Bora Milutinovich tomonidan Xitoy terma jamoasiga kiritilgan[3]. Oʻshanda terma jamoa tarkibida guruh bosqichining ikkita oʻyinida maydonga tushgan va Braziliyaga qarshi oʻyinda gol urishga bir bahiya qolgan[4]. U 2004-yilgi OFK Osiyo Kubogida muhim rol oʻynagan, musobaqada Xitoy ikkinchi oʻrinni egallagan.
Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
2017-yil 29-sentabrda Zhao chempionat jadvalining eng quyi pogʻonasidan joy olgan „Liaoning“ futbol klubining vaqtinchalik murabbiyi etib tayinlangan[5]. 14-oktabr kuni murabbiy sifatidagi birinchi oʻyinida u Liaoning bilan ikkinchi oʻrindagi Shanghai SIPG jamoasiga qarshi 3:3 hisobida durangga erishgan[6]. Biroq, Liaoning mavsumning soʻnggi uchta oʻyinida magʻlub boʻlgach, ikkinchi divizionga tushib ketgan. 2017-yil 12-dekabrda Chen Yang Liaoning murabbiylik lavozimini egallagach Zhaning faoliyati yakuniga yetgan[7].
Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]
Liga | Kubok | Liga Kubogi | Qitʼa | Boshqa | Jami | |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mavsum | Klub | Liga | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol |
China PR | Liga | FA Kubogi | CSL Kubogi | Osiyo | Boshqa | Jami | ||||||||
1998 | Liaoning F.C. | Xitoy Jia-B Ligasi | 3 | - | - | - | - | - | - | 3 | ||||
1999 | Xitoy Jia-A Ligasi | 25 | 3 | 0 | 0 | - | - | - | - | - | - | 25 | 3 | |
2000 | 24 | 4 | 4 | 1 | - | - | - | - | 1 | 0 | 29 | 5 | ||
2001 | 25 | 4 | 1 | 1 | - | - | - | - | - | - | 26 | 5 | ||
2002 | 27 | 3 | 5 | 1 | - | - | - | - | - | - | 32 | 4 | ||
2003 | 27 | 5 | 3 | 3 | - | - | - | - | - | - | 30 | 8 | ||
2004 | Xitoy Super Ligasi | 21 | 3 | 1 | 0 | 0 | 0 | - | - | - | - | 22 | 3 | |
2005 | 15 | 0 | 2 | 1 | 3 | 0 | - | - | - | - | 20 | 1 | ||
2006 | 28 | 3 | 1 | 0 | - | - | - | - | - | - | 29 | 3 | ||
2007 | 28 | 4 | - | - | - | - | - | - | - | - | 28 | 4 | ||
2008 | 29 | 4 | - | - | - | - | - | - | - | - | 29 | 4 | ||
2009 | Xitoy Birinchi Ligasi | 24 | 5 | - | - | - | - | - | - | - | - | 24 | 5 | |
2010 | Xitoy Super Ligasi | 29 | 0 | - | - | - | - | - | - | - | - | 29 | 0 | |
2011 | 28 | 5 | 0 | 0 | - | - | - | - | - | - | 28 | 5 | ||
2012 | 26 | 4 | 4 | 1 | - | - | - | - | - | - | 30 | 5 | ||
2013 | 24 | 1 | 1 | 0 | - | - | - | - | - | - | 25 | 1 | ||
2014 | 20 | 3 | 1 | 0 | - | - | - | - | - | - | 21 | 3 | ||
2015 | 2 | 0 | 0 | 0 | - | - | - | - | - | - | 2 | 0 | ||
2016 | 3 | 0 | 0 | 0 | - | - | - | - | - | - | 3 | 0 | ||
Karyerada jami | 405 | 51 | 23 | 8 | 3 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 432 | 59 |
Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]
Milliy terma jamoa | ||
---|---|---|
Yil | Oʻyin | Gollar |
1998 | 8 | 1 |
1999 | 0 | 0 |
2000 | 0 | 0 |
2001 | 0 | 0 |
2002 | 10 | 1 |
2003 | 8 | 0 |
2004 | 20 | 0 |
2005 | 5 | 0 |
2006 | 8 | 0 |
2007 | 5 | 0 |
2008 | 7 | 0 |
Jami | 71 | 2 |
Xalqaro maydondagi gollari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sana | Joy | Raqib | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|
8.12.1998 | Bangkok, Tailand | ![]() |
3-1 | 1998-yil Osiyo oʻyinlari |
7.12.2002 | Manama, Bahrayn | ![]() |
3-1 | Oʻrtoqlik oʻyini |
Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Futbolchilik[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]
Liaoning Whowin
- Xitoy Birinchi ligasi : 2009[8]
- Xitoy FA Superkubogi : 1999-yil
Shahsiy yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Osiyo Kubogi Yulduzli jamoasi aʼzosi: 2004-yil
- Xitoy futbol assotsiatsiyasining eng yaxshi futbolchisi: 2004-yil
- Xitoy Superligasining eng yaxshi jamoasi aʼzosi: 2002, 2003
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „姓名:肇俊哲“. sports.sina.com.cn. Qaraldi: 24-sentabr 2012-yil.
- ↑ „肇俊哲辉煌球员生涯落幕 辽足19年忠魂创造历史“. sports.sohu.com (31-oktabr 2016-yil). Qaraldi: 31-oktabr 2016-yil.
- ↑ „BBC SPORT“. news.bbc.co.uk (29-may 2002-yil). Qaraldi: 24-sentabr 2012-yil.
- ↑ „Zhao Junzhe“. fifa.com. 1-dekabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-sentabr 2012-yil.
- ↑ „辽足保级关键时期突然换帅 洋帅离任肇俊哲接手“. sina (29-sentabr 2017-yil). Qaraldi: 17-oktabr 2017-yil.
- ↑ „肇俊哲:这才是辽足真实水平 我的情怀只是一方面“. sina (14-oktabr 2017-yil). Qaraldi: 17-oktabr 2017-yil.
- ↑ „二进宫!辽足官宣陈洋重掌球队 签三年盼早回中超“. sina (12-dekabr 2017-yil). Qaraldi: 12-dekabr 2017-yil.
- ↑ „中甲最终积分榜:辽宁冠军南昌冲超成功 四川降级“. sports.sina.com.cn (28-mart 2009-yil). Qaraldi: 6-avgust 2019-yil.