Zhaksylyk Ushkempirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zhaksylyk Ushkempirov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston
Tavallud sanasi 6-may 1951-yil
Tegistik, Jambul viloyati, Qozogʻiston SSSR, SSSR
Vafot sanasi 2-avgust 2020-yil
Ostona, Qozogʻiston
Faoliyat yillari 1972—1982
Boʻyi 156 sm
Vazni 48 kg
Sport
Qaysi sport Yunon-rum kurashi
Klubi „Qayrat“

Zhaksylyk Ushkempirov (qozoqcha: Жақсылық Әмірәліұлы Үшкемпіров; 6-may 1951-yil — 2 avgust 2020-yil) — Qozogʻistonlik Yunon-rum kurashchisi. 1980-yilda olimpiya oʻyinlari oltin medali va 1981-yilda jahon chempionati medalini qoʻlga kiritgan[1].

Ushkempirov 1969-yilda kurash bilan shugʻullanib boshlagan. „Qayrat“ (Semipalatinsk) (1972-1975), „Qayrat“ (Olma-Ota) (1975-1982) klublari sharafini himoya qilgan. Jahon chempioni (1981), Jahon kubogining kumush medali sohibi (1982), Yevropa chempionatining kumush medali sohibi (1980)[2], ikki karra SSSR chempioni (1975, 1980), SSSR chempionatining kumush medali sohibi (1978, 1979), SSSR chempionatining bronza medali sohibi (1973, 1977)[3], SSSR xalqlari spartakiadasi chempioni. Sportchilik faoliyatini tugatgandan soʻng, 1984—1993 yillarda Olmaotada sport maktabi direktori sifatida faoliyat yuritgan.

1993-yilda „Zhaksylyk“ sport klubini tashkil etgan. 2001-yildan Olmaotada uning sharafiga har yili oʻsmirlar oʻrtasida kurash musobaqalari oʻtkazilib kelinadi[1]. 1984 yildan Zhaksylyk Ushkempirov sovrini uchun yoshlar oʻrtasidagi turnir oʻtkazila boshlangan[4]. Bu turnir 2016-yildan xalqaro maqomga ega boʻlgan[5].

1974—1984-yillarda Zhaksylyk Ushkempirov Qozogʻiston SSR davlat sport qoʻmitasida instruktor sifatida faoliyat yuritgan.

Olmaotada yashagan. Chorvachilik bilan shugʻullangan.

2020-yil 2-avgust kuni 69 yoshida virusli pnevmoniya sababli vafot etgan.

Xotirasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilda Zhaksylyk Ushkempirov hayoti haqida „Zhaksylyk“ nomli uzun metrajli film suratga olingan. Ushkempirovning yoshlik va oʻsmirlik davri mos ravishda Elnar Nazarkul va Sanurzhan Sulaimenov tomonidan ijro etilgan. 60 yoshlik payti esa Doszhan Zhanbotayev tomonidan ijro etilgan[6].

Nur-Sultondagi Jang sanʼati saroyi Zhaksylyk Ushkempirov sharafiga nomlangan[7].

2021-yil 8-sentabr kuni uning sharafiga haykal oʻrnatilgan[8].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Zhaksylyk Ushkempirov“. Sports Reference. 2020-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  2. International Federation of Associated Wrestling StylesAndoza:Недоступная ссылка
  3. „Долгая дорога к звездам — У нас в гостях / Наш спорт: спортивные новости Казахстана и мира“ (deadlink). 2009-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 5-may.
  4. Фархат Изизов. „Статус здесь ни при чем. Это зов сердца“. prosports.kz. ИА «Казахстан Спортивный» (2017-yil 11-may). 2020-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-noyabr.
  5. „Турнир на призы Жаксылыка Ушкемпирова обрел статус международного“. inform.kz. Астана: МИА «Казинформ» (2016-yil 11-aprel). 2020-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-noyabr.
  6. „В Алматы прошёл премьерный показ фильма "Жаксылык" об олимпийском чемпионе Ушкемпирове“. informburo.kz (2019-yil 22-dekabr). 2020-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-iyun.
  7. „Спортивный дворец в Нур-Султане назвали в честь Жаксылыка Ушкемпирова“. tengrinews.kz (2020-yil 2-dekabr). 2022-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-iyun.
  8. „Памятник борцу Жаксылыку Ушкемпирову открыли в Нур-Султане“. www.inform.kz/ru (2021-yil 8-sentyabr). 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-iyun.