Zeekr 001

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zeekr 001

Zeekr 001
Asosiy maʼlumotlar
Ishlab chiqaruvchi Zeekr
Boshqa nomlari xitoycha: 极氪 001
Model yili 2021-yil
Zavod(lar) Xanchjou, XXR Xitoy
Tasnifi
Sinfi Sport avtomobili
Segment E
Platformasi SEA1 platformasi
Kuch moslamalari
Dvigateli 2×Doimiy magnitli sinxron motorlar
Tezlanishi 3.8 sek.
Yuqori tezligi 200 km/s
Oʻlchamlari
Gʻildirak bazasi 3,000 mm (118.1 in)
Gʻildirakformulasi 4x4
Uzunligi 4,970 mm (195.7 in)
Kengligi 1,990 mm (78.3 in)
Balandligi 1,560 mm (61.4 in)
Eksteryer
Kuzov turi Hetchbek (Hatchback)
Eshiklar soni 5
Boshqa maʼlumotlar
Aloqador avtomobillar Polestar 5
Lotus Type 133
Zeekr 009
Polestar 3
Polestar 4
Polestar 6

Zeekr 001 — Xitoyning Geely Automobile kompaniyasi tomonidan 2021-yil oktabridan boshlab ishlab chiqariladigan va besh eshikli elektr sport avtomobili.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Elektromobilning ilk prototipi 2021-yil 16-aprelda taqdim etilgan boʻlib, U nemis modeli Porsche Panamera Sport Tourismo asosida yaratilgan. Old qismi „Lynk & Co 05“ modelidan olingan. Avtomobil platformasi „Sustainable Experience“ Geely Automobile tomonidan ishlab chiqarilgan boshqa elektromobillarda ham shu kabi platformadan foydalailadi. Avtomobil 100 km/soatgacha 3,8 soniyada tezlashadi, maksimal tezligi 200 km/soatdan oshadi. Batareyani zaryadlash uchun 5 daqiqa ketadi[1].

„Zeekr“ nomining dastlabki ikki harfi „zero emission“ soʻzining bosh harflaridan olingan boʻlib, uchinchi harfda esa elektr evolyutsiyasi davri (Electric-Evolution-Era) xabari shifrlangan va oxirgi „kr“ harflari kimyoviy element boʻlmish kriptonning belgisidir. Kripton rangi, taʼmi va hidi boʻlmagan gaz, bu nom yunon tilidan „yashirin“ yoki „maxfiy“ deb tarjima qilingan[1].

Zeekr Smart Technology Co.ning alohida boʻlinmasi tashkil qilingan. Zeekr modellari Geely xoldingining bosh qarorgohi joylashgan Xanchjoudagi zavodda ishlab chiqariladi[1].

Ekstryeri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu katta liftbek chiroyli nisbatlarga ega boʻlib, uning gʻildirak bazasi 3005 mm, uzunligi — 4970 mm, kengligi — 1999 mm, balandligi — 1560 mm ni tashkil qiladi. Orqa oʻrindiqlar buklangan holda, yukxona hajmi 2144 litr ni tashkil qiladi. Old qismida ham kichik yukxona bor, lekin unga faqat boʻlgan tashqi zaryadlovchi uskuna va uning kabeli sigadi xolos. Avtomobilga past aerodinamik qarshilik koeffitsientiga (Cx=0,23) ega boʻlgan 22 dyuymli gʻildiraklar oʻrnatilgan[1].

Interyeri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yangilangan versiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Geely xoldingi tarkibiga kiruvchi Zeekr brendi 001 elektr liftbekining yangilangan versiyasini taqdim etdi. Model yangi kuzov ranglari, yangilangan multimedia tizimi va 140 kilovatt-soat quvvatga ega akkumulyatorga ega top versiyaga ega boʻladi. Bunday elektromobil bir marta quvvatlanishda 1000 kilometrdan ortiq masofani bosib oʻtadi. Kompaniya ushbu modelni uzoq vaqt davomida ishlab chiqarmaydi. Umumiy hisobda 1000 ta avtomobil ishlab chiqarish rejalashtirilgan[2][3].

Qilin[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zeekr kompaniyasi Xitoyning yirik akkumlyator batareyalari ishlab chiqaruvchisi CATL bilan besh yillik strategik hamkorlik shartnomasini imzoladilar. Unga koʻra CATL tomonidan ishlab chiqariluvchi „Qilin“ akkumulyatorlarini dunyoda birinchi boʻlib Zeekr kompaniyasiga yetkazib beriladi. Ular uchinchi avlod CTP (cell-to-pack) sxemasidan foydalanadilar. „Qilin“ning xos quvvati 255 vatt-soat/kgni tashkil qiladi[2].

Akkumlyator blokining samarali to‘ldirilishi 72 foizni tashkil etadi. CATL akkumulyatorlari Teslaning 4680 ta blokdan yig‘ilgan akkumulyatorlarining o‘xshash o‘lchamlari va kimyoviy tarkibidan bir oz kuchliroqdir. Shuningdek ular katta sovutish yuzasiga ega bo‘lgan issiqlik boshqaruv tizimi bilan jihozlangan, shuning uchun ular „issiq start“ rejimini qoʻllab-quvvatlaydi va 10 daqiqa ichida 10 dan 80 foizgacha zaryad oladi. CATL batareyalari avval Zeekr 009 furgonida (2023-yil 1-chorak) paydo boʻladi, keyin esa ular Zeekr 001 xetchbekiga (2023-yil 2-chorak) oʻrnatiladi. Zeekr 001 xetchbekiga „Qilin edition“ maxsus versiyasi oʻrnatiladi, u bir quvvatlanishda 1000 kilometrdan ortiq masofani bosib oʻtish vaʼda qilingan[2].

Rekord[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zeekr 001 bir vaqtning oʻzida ikkita jahon rekordini oʻrnatdi va Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. U drift va slalomda eng yuqori tezlikni erishishga muvaffaq boʻldi — birinchi holatda u soatiga 207,9 kilometrgacha tezlashdi, ikkinchisida esa elektromobil uchun rekord darajada qisqa vaqt ichida — 49,05 soniyada 50 ta konusni orasidan yurib oʻtdi[4].

Zeekr 001 FR[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023-yil sentabr oyida Zeekr umumiy quvvati 1248 ot kuchi (931 kVt; 1265 ot kuchi) bo'lgan to'rt yadroli elektr motorlar, shuningdek, gusenitsalik tormozlari va podveskalarga ega 001 FR ning cheklangan versiyasini taqdimot qildi. Avtomobil detallari uglerod tolasidan ishlangan va "tank kabi aylanish" rejimi bilan jihozlangan. Giperkar 800 V platformasida ishlab chiqarilgan bo'lib, 100 kVt/soat quvvatga ega CATL Qilin batareyasi bilan jihozlangan. Zeekr oyiga 99 ta avtomobil ishlab chiqarishni rejalashtirgan[5].

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]