Zebo Mirzo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zebo Mirzo

Zebo Mirzo 1964-yilning 15-dekabrda Qashqadaryo viloyating Kitob tumani Beshterak qishlogʻida tugʻildi. Toshkent Davlat universitetining oʻzbek filologiysada tahsil oldi(1982-1987)[1].Toshkent Davlat sanʼat instituti kata labaranti, oʻqituvchisi(1987-1991),Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining Xalq ijodiyoti va madaniy- maʼrifiy ishlar respublika markazi muharriri(1991-1995), „Yozuvchi“nashriyoti boʻlimi mudiri (1995-1999), „Yoshlar“ radiokanali kata muharriri (1999-2006) vazifalarida xizmat qildi. 2006-yildan „Oʻzbekiston“telekanali katta muharriri sifatida faoliyat yuritadi[2].

Zebo Mirzoning „Tun malikasi“ nomli ilk sheʼriy toʻplami 1990-yilda nashr etildi. Shundan keyin shoiraning „Ajr“(1997), „Nur kukunlari“ (2004), „Ishq“ (2012) kabi sheʼriy kitoblari dunyoga keldi. Zebo Mirzo, shuningdek, „Rangin dunyo“, „Ijod maktabi“, "Siz va Siz uchun "kabi tasviriy sanʼat, madaniyat, adabiyot namoyondalari hayoti va ijodi haqidagi maaniy-maʼrifiy mavzudagi bir qator turkum koʻrsatuvlar muallifi hamdir.

Zebo Mirzo
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 15-dekabr 1964-yil (1964-12-15) (59 yosh)
Kitob tumani
Qashqadaryo viloyati
Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Istiqomat joy(lar)i Toshkent
Oʻzbekiston
Kasbi xalqaro jurnalist, adabiyotshunos.
Dini islom
Maʼlumoti oliy

Ijodidan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qaytish

Men qayturman Senga muqarrar, Tomgan har yoshimning hurmati — haqqi. Qorong‘u umrimda bor bo‘lsang agar, Bir bor ko‘ksim uzra Oftobday balqi!

Men seni judayam sog‘indim… Buni aytgim kelar o‘zingga faqat. Biroq kelguningcha, avval-oxirim, Tugab bitmasmikan mendagi toqat?

O‘tyapsan dunyolar ortidan… Bormi bu yuksakka boradigan yo‘l? Men esa o‘chgancha kunlar yodidan, Bu tubsiz chohlardan uzataman qo‘l…

Senga yetib bormas xayolim. Qalbing uyg‘otolmas hech qanday nido. Meni olib ketar bir kuni o‘lim, Qo‘rqaman, hech qachon bermaysan sado!

Yuragim zarblarin eshitib yotar, Ko‘ksim uzra botgan g‘anima — Ilon. Toki kelgunicha mash’um kunbotar U meni bermaydi senga hech qachon!

Sen esa… Tush kabi olis-olisda Yulduzlar bag‘ridan uchasan yiroq. Sen uchun atalgan olovli hisda Mening yonganimni bilmaysan, biroq!

Nafrat… O‘lim, Hasad… va kin oralab,Mening Sevgim o‘tar yoniq va omon. Sendan ketgan bo‘lsam, bag‘rim yaralab. Har bir qadamimga to‘layman tovon!

Ammo Sen… Ammo Sen… Oftobday balqi, Qayerda bo‘lsang ham yorug‘, munavvar. Tomgan har yoshimning hurmati haqqi Men Senga qayturman bir kun muqarrar!

29.06.09


Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Oʻzbek adiblari“ (S.Miraliyeva,R.Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti,2016) kitobidan.
  1. „https://t.me/s/zebo_mirzo?before=39“. 2023-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyun.
  2. „https://kh-davron.uz/kutubxona/multimedia/zebo-mirzo-sherlar.html“. 2023-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyun.