Kontent qismiga oʻtish

Zayniddin Nizomxoʻjayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zayniddin Maxamatovich Nizomxoʻjayev
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi
Mansab davri
2021-yil 5-fevraldan
Oʻtmishdoshi Mirzo-Ulugʻbek Abdusalomov
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Raisi o'rinbosari
Mansab davri
2020-yil 20-yanvardan – 2021-yil 5-fevralgacha
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 19-mart 1954-yil
Toshkent Qibray tumani
Taʼlim Toshkent davlat tibbiyot instituti
Kasbi Siyosatchi, shifokor
Ilmiy unvoni Tibbiyot fanlari doktori, professor
Mukofotlari Oʻzbekiston qahramoni

Zayniddin Nizomxo'jayev Maxamatovich (1954-yil19-mart Toshkent viloyati Qibray tumanida tug’ilgan) – davlat va jamoat arbobi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi (2021-yil 5-fevraldan)[1], O’zbekiston Qahramoni[2][3], tibbiyot fanlar doktori, professor.

2020—2021-yillarda Oliy Majlis Senati Raisi o’rinbosari[4], 2015—2020-yillarda Senatning fan, taʼlim, madaniyat va sport Qo’mitasi raisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Zayniddin Nizomxo'jayev 1954-yil 19-martda Toshkent viloyati Qibray tumanida tug’ilgan.

1978-yillarda Toshkent davlat tibbiyot institutini (sobiq Toshkent Tibbiyot akademiyasi) tamomlagan. Tibbiyot fanlari doktori, professor ilmiy darajasiga ega.

Mehnat faoliyatini 1978-yil Toshkent davlat tibbiyot instituti “Gospital xirurgiyasi” kafedrasi klinik ordinatoriligidan boshlagan.

1984—2015-yillar davomida Toshkent davlat tibbiyot institutining “Xirrurgik kasalliklar” kafedrasida aspirant, kafedra assistenti; katta ilmiy xodim, bosh ilmiy xodim, jarrohlik markazi qizilo’ngach va oshqozon bo’limi rahbari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2015—2019-yillar Toshkent viloyati Xalq deputatlari Kengashi deputati etib saylangan.

Oliy Majlis Senatining 2016-2020-yillardagi ikki chaqirig’ida senator etib saylangan.

2015—2020-yillar davomida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qo’mitasi raisi; Fan, taʼlim va sog’liqni saqlash masalalari qo’mitasi raisi sifatida faoliyat yuritgan.

2020-yil 20-yanvardan Oliy Majlis Senati Raisi o’rinbosari lavozimiga tayinlangan[4] .

2021-yil 5-fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida Prezident taqdimnomasiga ko’ra Zayniddin Nizamxo'jayev MSK Raisi etib saylandi [1].

Senator sifatida faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zayniddin Nizomxo'ayev Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi sifatida 19 ta qonunni Oliy Majlis Senatining yalpi majlisi muhokamasiga olib chiqqan. Jumladan:

“Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi (2015)[5];

“Yoshlarga oid davlat siyosati  toʻgʻrisida”gi (2016)[6];

“Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi (2017)[7];

“Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalarni chekishni cheklash toʻgʻrisida”gi (2018)[8];

“Ilm-fan va ilmiy faoliyat toʻgʻrisida”gi (2018)[9];

“Maktabgacha ta’lim va tarbiya toʻgʻrisida”gi (2019)[10] qonunlar shular jumlasidandir.

Zayniddin Nizomxo'jayev boshchiligida Qoʻmita tomonidan jami 60 ta tadbir oʻtkazilgan. Xususan:

7 ta qonunning hududlardagi hamda soha va tarmoqlardagi ijrosi holati oʻrganildi;

davlat va hududiy dasturlarning ijrosini oʻrganishga bagʻishlangan 7 ta nazorat-tahlil tadbiri oʻtkazildi;

fan, ta’lim, sogʻliqni saqlash, shuningdek aholining bandligini ta’minlash bilan bogʻliq dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan vazirlik va idora rahbarlarining 27 ta hisoboti (axboroti) eshitildi;

Qonunlarni hayotga samarali tatbiq etishga qaratilgan qonunosti hujjatlarining oʻz vaqtida qabul qilinishi holatini oʻrganish maqsadida 19 ta monitoring tadbiri amalga oshirildi.

Parlament nazoratida amalga oshirgan ishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zayniddin Nizomxo'jayev boshchiligida “Sardoba suv ombori" toʻgʻonida falokatdan talafot koʻrgan hududlardagi qurilish tashkilotlari, tadbirkorlar va jamoatchilik ishlariga jalb etilgan fuqarolarga oʻz vaqtida toʻlanmagan 27 mlrd. soʻmga yaqin mablagʻ undirib berildi.

Shuningdek, ijtimoiy soha obʼyektlaridagi qurilish-taʼmirlash ishlarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun 72,3 mlrd. soʻm, qishloq xoʻjaligi sohasida sugʻurtalanmagan 60 ta loyihaga yetkazilgan zararni qoplash uchun 9,5 mlrd. soʻm, ichimlik suvi obʼyektlarini qurish-taʼmirlash hamda yangi qurilayotgan koʻp qavatli uylarni ichimlik va oqova suv bilan taʼminlash ishlari uchun 129,7 mlrd. soʻm ajratilishi taʼminlandi [11].

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zayniddin Nizomxo'jayev o’zining ilmiy faoliyatini tibbiyot fanlar doktori, professor, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiki Vosit Vohidov Vohidovich rabarligida boshlagan. Zayniddin Nizomxo'jayev o’zining 35 yillik ilimiy-amaliy va pedogogik mehnat faoliyati davomida hamkasblari ichida yuqori malakali xirurg sifatida tanilgan. O’tgan davr mobaynida 300 dan ortiq ilmiy maqolalarida, amaliy xirurgiyaning eng dolzarb masalalaridan biri bo’lgan qizilo’ngach va oshaqozon-ichak tizimi kasalliklari diagnostikasini va xirurgik davolash usullarini takomillashtirish usullarini ilmiy isbotlagan. Taklif etilgan yangi turdagi operatsiyalar amaliyotdan keyingi natijalarni yaxshilashini isbotlab bergan.

Zayniddin Nizomxo'jayevning olib borayotgan ilmiy ishlarining natijalari, dunyoning yetakchi olim xirurglari tomonidan tan olingan. Zayniddin Nizomxo'jayev nufuzli xalqaro tibbiy konferensiyalarda nutq qilgan. 2005-yil Janubiy Afrika Respublikasida o’tkazilgan 41-jahon xirurglarining kongressi[12], Rossiya (2007, 2008—2011), Ukraina (2008) va Qozogʻiston (2012—2013) davlatlarida o’tkazilgan syezd, kongress va konferensiyalar shular jumlasidandir.

Zayniddin Nizomxo'jayev rahbarligi ostida 6 ta nomzodlik va 2 ta doktorlik disseratatsiyalari himoya qilinib, Respublika sog’liqni saqlash tizimining amaliyotiga tadbiq etilgan. Zayniddin Nizomxo'jayev yangi turdagi qizilo’ngach kasalliklarini davolash usullari bo’yicha 9 ta ilmiy ixtironi amalga oshirgan va patentlashtirgan.

Zayniddin Nizomxo'jayev tajribali tibbiyot xodimi. O’zining ilmiy yangiliklari tufayli jarrohlik amaliyotlaridan keying o’lim holatlarini 2,8 foizdan 1.0 foizga tushurishga erishgan.

O’z faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgani uchun 2012-yilda “O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash a’lochisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlangan.

  1. 1,0 1,1 Марказий сайлов комиссиясининг мажлисида ташкилий масалалар кўрилди, 2021, 2022-04-13da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-04-13 {{citation}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |seperator= (yordam)
  2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, 2014 {{citation}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |seperator= (yordam)
  3. „„Xalq so‘zi" gazetasi 2014-yil 23-avgust soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 22-avgustdagi ""O‘zbekiston Qahramoni" unvonini berish to‘g‘risida"gi Farmoni“ (http://press.natlib.uz/).
  4. 4,0 4,1 Senat raisi va uning oʻrinbosarlari tayinlandi. Hukumat isteʼfoga chiqdi, 2020, 2020-01-22da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-04-13 {{citation}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |seperator= (yordam)
  5. Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida, 2015 {{citation}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |seperator= (yordam)
  6. Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida, 2016 {{citation}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |seperator= (yordam)
  7. Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida, 2017 {{citation}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |seperator= (yordam)
  8. Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalarni chekishni cheklash toʻgʻrisida, 2018 {{citation}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |seperator= (yordam)
  9. Ilm-fan va ilmiy faoliyat toʻgʻrisida, 2019 {{citation}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |seperator= (yordam)
  10. Maktabgacha ta’lim va tarbiya toʻgʻrisida, 2019 {{citation}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |seperator= (yordam)
  11. “Sardoba” fojiasidan zarar koʻrgan ichimlik suv inshootlarini tiklash uchun qariyb 130 mlrd soʻm ajratildi, 2020 {{citation}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |seperator= (yordam)
  12. 2005-yil Janubiy Afrika Respublikasida o’tkazilgan 41-jahon xirurglarining kongressi dasturi (PDF), 2005 {{citation}}: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud: |seperator= (yordam)