Vosit Vohidov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Vohidov Vosit Vohidovichdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Vohidov Vosit Vohidovich (1917.13.12, Turkiston t.- 1994. 1.6, Toshkent) — jarroh, Oʻzbekistan Fanlar akademiyasi akademik (1979), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967). ToshMIni tugatgan (1939). ToshMI umumiy jarrohlik kafedrasi mudiri (1963-75). 1975 yildan Toshkent jarrohlik ilmiy markazi direktori, ToshMI gospital xirurgiya kafedrasi mudiri. Asosiy ilmiy ishlari koʻkrak va qorin boʻshligʻi aʼzolari, yurak-tomir kasalliklari diagnostikasi va ularni jarrohlik yoʻli bilan davolashni takomillashtirishga bagʻishlangan. V. Oʻzbekistonda birinchi boʻlib yurak, oʻpka, qon tomirlar va qiziloʻngachda operatsiyalar oʻtkazgan. Jahon jarrohlar assotsiatsiyasining haqiqiy aʼzosi (1971 yildan), "Oʻzbekiston tibbiyot jurnali" bosh muharriri (1979—92). Toshkent jarrohlik ilmiy markazi, Toshkent shahri koʻchalaridan biri V. nomi bilan ataladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil