Zayd ibn Umar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zayd ibn Umar
Tavalludi
Vafoti Madina, Hijoz, Rashidun xalifaligi
Otasi Umar
Onasi Ummu Kulsum binti Ali

Zayd ibn Umar (arabcha: زَيْد ابْنِ عُمَر) — ikkinchi xalifa Umar ibn al-Xatob va uning rafiqasi Ummu Kulsum binti Alining oʻgʻli[1], Islom paygʻambari Muhammadning nabirasi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zayd ibn Umar oʻz qabilasi Banu Adiyga tinchlik olib kelish yoʻlidagi saʼy-harakatlari natijasida oʻldirilgan. Zayd ibn Umardan hech qanday avlod qolmagan[1].

Ota-onasining nikohi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ali oʻz qizlarini ukasi Jaʼfar ibn Abu Tolibning oʻgʻillariga turmushga berishni xohlaydi, ammo boʻlajak xalifa Umar Alining qizi Ummu Kulsumning qoʻlini soʻraydi va Aliga qarata: „Yer yuzidagi hech bir kishi unga men kabi yaxshiroq munosabatda boʻlmaydi“ deb aytadi[2].

Ali Umarga qizi hali balogʻat yoshiga yetmaganini tushuntiradi[2], lekin shunday boʻlsa-da, Umar undan rozilik bildirishini soʻraydi. Soʻngra Ali qiziga yoʻl-yoʻl chopon beradi va unga shunday buyuradi: „Buni amirul moʻminga olib boring va otam, agar bu chopon sizga yoqsa, uni oʻzingiz bilan olib qoling, agar yoqmasa, uni qaytarib bering deb aytdi deng“. Ummu Kulsum ushbu xababrni Umarga yetkazgach, qaytib kelib otasiga: „U kishi choponning tugmalarini ham yechmas, mendan boshqa narsaga qaramas edi“, — deydi. Umar Ummu Kulsumga chopon unga yoqqanligini aytadi va bu xabardan keyin Ali Ummu Kulsumni Umarga turmushga berishga rozi boʻladi[2]. Umar rafiqasi uchun 40 ming dirham mahr beradi, ularning nikohi milodiy 638-yilning noyabr yoki dekabr oylarida (hijriy 17-yilning Zulqaʼda oyi) boʻladi[3][4].

Umar va Ummu Kulsum Zayd va Ruqayya ismli ikki farzand koʻrishadi[2][1], qizi Ruqayya keyinchalik Saʼd ibn Abi Vaqqosning oʻgʻli Ibrohimga turmushga chiqadi va undan qiz farzandni dunyoga keltiradi[5].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Muhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr, p. 204. London: Ta-Ha Publishers.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Muhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir Volume 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina. London: Ta-Ha Publishers.
  3. Muhammad ibn Jarir al-Tabari. Tarikh al-Rusul waʼl-Muluk. Translated by Smith, G. R. (1994). Volume 14: The Conquest of Iran, p. 101. Albany: State University of New York Press.
  4. Muhammad ibn Jarir al-Tabari. Tarikh al-Rusul waʼl-Muluk. Translated by Juynboll, G. H. A. (1989). Volume 13: The Conquest of Iraq, Southwestern Persia, and Egypt, pp. 109-110. Albany: State University of New York Press.
  5. ibn Sa'd, Muhammad. The Men of Madina. Ta-Ha, 2000 — 112 bet. ISBN 978-1-897940-90-7. 

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]