Zaxchaxona tizmasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zaxchaxona tizmasi - Qashqadaryo viloyatining shimoli-sharqidagi tizma. Hisor tizma togʻlarining shimoli-gʻarbiy tarmoklaridan biri. Eng baland joyi 3818 m. Asosan, sharq va janubi-ga yoʻnalgan. Jan., janubi-gʻarbiy yon bagʻirlari ancha tik. Suvayirgʻich qismi yalangʻoch, oʻtkir qirrali. Eng baland joylarida doimiy qor va kichikroq muzliklar mavjud. Silur va devon davrlarining metamorflashgan ohaktoshlari, slanetslar, magmatik va metamorfik choʻkindi jinslar qatlamlaridan tashkil topgan. 3. t.dan Oqsuv, Toʻrtkoʻylak va b. daryolar boshlanadi. Buloq koʻp. Yon bagʻirlarida och tusli qoʻngʻir tuproqlar tarqalgan. Yuqori qismidagi yon bagʻirlari yaylov sifatida foydalaniladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil