Kontent qismiga oʻtish

Zarqoa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zarqoa — Addiy ibn Qays Hamadoniyning qizi, kufa lik ayol. U mashhur Siffin muhoraba sida Hazrati Ali tarafida boʻlib, askarlarini jasurlikka targʻib etuvchi taʼsirchan xutba oʻqiydi. Ikki saf oʻrtasidan tuya mingan holda bu ishni amalga oshiradi. Siffin muhobarasi hijriy 37 yilda boʻlib oʻtadi. 110 kun davom etgan ushbu muhobarada 90 marta toʻqnashuv boʻlib, har ikki tarafdan 70.000 musulmon qatl etiladi.

Xutbadagi nutqi[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Ey odamlar, quyosh ning yonida sham yoqmaysiz. Oy qalqib chiqqach, yulduz da nur qolmaydi. Hachir ot dan oʻzmaydi. Temirni temirdan boshqa narsa kesolmaydi. Sizlar bilasizki, yoʻl istovchilarga xaq yoʻlni korsatdik. Muhtojlarga haqiqiy hayr-ehson qildik, haqiqat oshkor boʻldi. Ey muhojir lar va ansor lar, sizlar sabru sabotli boʻlingiz! Oralaringizdan dushmanchilik ketib, adolat oʻrnatiladi. Botil bilan haq hech vaqt barobar boʻlmaydi… Bu kun oxiri oʻzi uchungina foyda boʻlgan kundir!“

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

[1]

  1. Fahriddin o`g`li, Rizouddin. Mashhur xotunlar. Toshkent: Navro`z 2019 — 303-bet bet.