Zaqqum

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zaqqum, anchar (Antiaris) — tutdoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi. Bir uyli daraxt yoki butalardan iborat. Guli mayda, koʻrimsiz, changchilari kallaksimon toʻpgul, urugʻchisi shoxlarda bittadan joylashgan. Osiyo, Afrika tropiklarida va Madagaskar o.da 5—6 turi bor. Osiyoning tropiklarida oʻsadigan A. toxicaria degan yirik daraxt Z.ning bir turi boʻlib, zaharli sut shirasi tarkibida antiarin va antiozidin glikozidi bor. Z.ning shirasi zaharli boʻlganidan mahalliy xalq kamalak oʻqlarini zaharlashda qadimdan foydalanib keladi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil