Zanzibar qoploni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zanzibar qoploni
Zanzibar muzeyiga o'rnatilgan eksponant
Biologik klassifikatsiya
Domen: Eukariotlar
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sutemizuvchilar
Turkum: Yirtqichlar
Oila: Mushuksimonlar
Kenja oila: Katta mushuklar
Urugʻ: Panteralar
Tur: P. pardus
Osttur: P. pardus

Zanzibar qoploni - Tanzaniya va Zanzibar arxipelagidagi Unguja orolida joylashgan, Afrika qoploni ( Panthera pardus pardus ) populyatsiyasining, mahalliy ovchilar tomonidan ovlanishi va yashash joyini yo'qotilishi tufayli qirilib ketgan turi hisoblanadi. Bu tur orolda yashagan va eng yirik quruqlik yirtqich hayvoni bo'lgan[1] [2]. 20-asrda odamlar va qoplonlar o'rtasidagi ziddiyatning kuchayishi tufayli, Zanzibar qoplonlarining tag-tomiri bilan yo'q bo'lishiga sabab bo'ldi. 1990-yillarning o'rtalarida olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, qoplonlarni saqlash dasturini ishlab chiqish harakatlari ham populyatsiyaning uzoq muddat mobaynida bu turni omon qolish ehtimolligi kam deb hisoblangan[3]. 2018-yilda qoplonlarni yashirin kameraga tushib qolishi, bu turning omon qolish ehtimoligi bor deb umid qilishdi, ammo ba'zi ekspertlar bu ehtimollarni ham shubhali deb hisoblashdi[4] [5].

Taksonomiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zanzibar leopardini 1932-yilda Panthera pardus adersi ilmiy nomini berish taklif qilgan va Reginald Innes Pokok qoplonikenja turi sifatida tasvirlangan[6]. Qoplon namunalarining molekulyar genetik tahlil qilinishidan so‘ng,1996-yilda bu tur, Afrika leopardi ( P. p. pardus ) deb nomlandi[7] [8]. Biroq, ba'zi mualliflar P. p. adersiga kiradi hisoblashishadi[9].

Rivojlanish tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zanzibar qoploni populyatsiyasi, muzlik davrining oxiridan boshlab, orol dengiz sathining ko'tarilishi va materik Tanzaniyaning ajralishi, Afrika qoplonlaridan bo'linib chiqishiga sabab bo'lgan. Atrof-muhitining ta'siri va mahalliy sharoitga moslashish, qit'alarda yashaydigan qarindoshlariga qaraganda kichikroq bo'lishiga va terisidagi dog'larning tarqalib ketishiga sabab bo'lgan[10] [11]. Biroq, qit'alardagi populyatsiyalarda uchraydigan, ko'zga ko'rinadigan farqlarga qaramay, populyatsiyaning genetik tabaqalanishi hozirgi paytddagi kichik turlardan kam farqlari mavjud va ularning barchasi Afrikadan boshqa hududlarda uchraydi. Xulosa qilib aytadigan bo'linsa, qoplonlarning barcha afrikalik populyatsiyalari bitta kichik turga, ya'ni Zanzibardagi populyatsiysiaga tegishli hisoblanadi.

Xulq-atvori va ekologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zanzibar qoplonlarining xulq-atvori va ekologiyasi haqida juda kam ma'lumot mavjud[12]. U haqida hech qachon yovvoyi tabiati o'rganilmagan va tirik qoplonnning oxirgi tasdiqlangan ko'rinishi 1980-yillarning boshlarida mavjud bo'lgan.Shundan beri ko'pchilik zoologlar Zanzibar qoplonini yo'q bo'lib ketgan yoki deyarli yo'q bo'lib ketgan tur deb taxmin qilishadi.

Muzeylarda faqat olti dona terisi saqlangan, shu jumladan P. p.ning namunasi ham mavjud. Tabiiy tarix muzeyidagi adersi, London, va Zanzibar muzeyida o'rnatilgan namunasining esa rangi juda xira. Ammo, Zanzibar hukumati statistikasi shuni ko'rsatadiki, qoplonlar 1990-yillarning o'rtalarida ham, ovchilar tomonidan o'ldirilgan va orol aholisi ularni ko'rishganini va chorva mollariningga hujum qilganligi haqida ham xabar berishgan.

Saqlash sharoiti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zanzibar qishloqlarida qoplonlar va ularning odatlari haqidagi ta'riflarda, jodugarlar qoplonlarni saqlaydi va ularni qishloq aholisiga zarar etkazish yoki bezovta qilish uchun yuboradi degan cho'pchaklar keng tarqalgan. Bu ertaklarda jodugarlar qanday qilib qoplonlarni ko'paytirishi va o'zlarining yomon niyatlarini bajarishga o'rgatishlari haqida gap ketadi. Bu g'oyalar bilan mahalliy dehqonlar qoplonlarning yirtqich bo'lishini, umuman olganda, ularning ferma va qishloqlar yaqinida "o'rinsiz" hayvon deb tushunishgan[13].

20-asrga kelib aholi soni va qishloq xo'jaligining o'sishi bu holatga asosiy sabab bo'lgan, chunki odamlar qoplonlarning yashash joyi va o'lja bazasiga tajovuz qilgan. Odamlar va qoplonlar o'rtasidagi ziddiyatning kuchayishi, qoplonlarni yo'q qilish uchun bir qator aholi guruhlarining vujudga kelishiga olib keldi. Bu kabi jamoalar dastlab mahalliy aholilarda uchragan, lekin 1964-yilga kelib, Zanzibar inqilobidan keyin, jodugarlik va qoplonlarni o'ldirishga qarshi jamoalar soni, to'ntarish boshlanganidan keyin butun orol bo'ylab tarqalgan[14]. Ushbu jamoalarning uzoq muddatli ta'siri natijasi, keyinchalik qoplonlarning " zararkunandalar " sifatida tasniflanishi va qoplonlar populyatsiyasinining yo'q bo'lib ketish yoqasiga olib keldi. Ammo, ayrim dalillar, qoplonlar mavjudligi haqidagi xabarlar hanuzgacha davom etmoqda va orol aholisi Zanzibar qoplonini hali ham tirik deb hisoblashadi[15]. 1990-yillarning o'rtalariga kelib, Zanzibar qoplonlari populyatsiyasi yo'q bo'lib ketgan deb hisoblangan[16].

Qoplolarni asrash dasturi CARE tomonidan moliyalashtirilgan va Jozani-Chvaka ko'rfazida amalga oshirilgan, ammo 1997-yilda, yovvoyi tabiat tadqiqotchilari qoplonlarga oid dalil topa olmaganidan so'ng, ular loyihani to'xtatishdi. Biroq, mahalliy yovvoyi tabiat rasmiylari qoplonlarning omon qolganligiga ishonishdi. Ba'zan, qishloq aholisi naqd pul evaziga sayyohlar yoki tadqiqotchilarga, qoplonlarlarni topishga olib borishni taklif qilishadi, ammo hozirgacha bu "qoplonlarni taqib qilish"larining hech qaysi biri muvaffaqiyatli yakunlanmagan [17] [18].

Zanzibar qoplonining maqomi va uni saqlab qolish imkoniyatlari haqidagi bu qarama-qarshi fikrlar, haligacha o'z tasdiqini topmagan va tadqiqotchilar o'rtasida arosatni keltirib chiqarmoqda[19] [20] [21] [22].

2018-yilda, Unguja orolida “Yo‘qolgan yoki tirik” ( “Hayvonlar sayyorasi”) serialini suratga olish chog‘ida o‘rnatilgan videokameraga qoplon tasvirini yozib olgan. Ba'zi rasmiylar bu videoni ishonchli dalil deb hisoblamaydi, chunki videoning aniq joylashuvi noma'lum va bir nechta ishonchli manbalar buni tasdiqlaydi. Biroq, ushbu film muallifi ( Forrest Galante ) uning haqiqiyligini ta'kidlaydi. Kadrlarda qoplon aniq ko'rsatilgan bo'lsa-da, rozetlarning jungidagi naqshlari noaniqligicha qolmoqda va bu Zanzibarda uchraydigan yovvoyi Afrika qoploni bo'lishi mumkin deb tahmin qilinadi. DNK dalillari balki, bu videoni tekshirishning yagona yo'li bo'lishi mumkin.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Qoplonlar kenja turlari:

 • Afrika qoploni  • Yava qoploni

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Goldman, H. V.; Walsh, M. T. (2002). "Is the Zanzibar Leopard (Panthera pardus adersi) Extinct?". Journal of East African Natural History 91 (1/2): 15–25. doi:10.2982/0012-8317(2002)91[15:ITZLPP]2.0.CO;2. 
  2. Walsh, M. T.; Goldman, H. V. (2008). "Updating the Inventory of Zanzibar Leopard Specimens". Cat News 49: 4–6. https://www.academia.edu/694088. 
  3. Stuart, C.. A Preliminary Faunal Survey of South-eastern Unguja (Zanzibar) with Special Emphasis on the Leopard Panthera pardus adersi. Loxton, South Africa: African-Arabian Wildlife Research Centre, 1997. 
  4. Li, J.. „Zanzibar Leopard Captured on Camera, Despite Being Declared Extinct“. Inside Edition (2018). Qaraldi: 2018-yil 15-sentyabr.
  5. Rossi, L. „Extinct or Perhaps Surviving Relict Populations of Big Cats: Their Controversial Stories and Implications for Conservation“,. Problematic Wildlife II: New Conservation and Management Challenges in the Human-Wildlife Interactions Angelici, F.M.: . Cham: Springer International Publishing, 2020 — 393–417 bet. DOI:10.1007/978-3-030-42335-3_12. ISBN 978-3-030-42335-3. 
  6. Pocock, R. I. (1932). "The Leopards of Africa". Proceedings of the Zoological Society of London 102 (2): 543–591. doi:10.1111/j.1096-3642.1932.tb01085.x. 
  7. Miththapala, S.; Seidensticker, J.; O'Brien, S. J. (1996). "Phylogeographic Subspecies Recognition in Leopards (P. pardus): Molecular Genetic Variation". Conservation Biology 10 (4): 1115–1132. doi:10.1046/j.1523-1739.1996.10041115.x. https://archive.org/details/sim_conservation-biology_1996-08_10_4/page/1115. 
  8. Uphyrkina, O.; Johnson, E.W.; Quigley, H.; Miquelle, D.; Marker, L.; Bush, M.; O'Brien, S. J. (2001). "Phylogenetics, genome diversity and origin of modern leopard, Panthera pardus". Molecular Ecology 10 (11): 2617–2633. doi:10.1046/j.0962-1083.2001.01350.x. PMID 11883877. Archived from the original on 2020-04-28. https://web.archive.org/web/20200428212741/https://www.biosoil.ru/files/00001386.pdf. Qaraldi: 2023-09-28. Zanzibar qoploni]]
  9. Goldman, H.V.; Walsh, M.T. (2019). "Classifying, Domesticating and Extirpating the Zanzibar Leopard, a Transgressive Felid". Norsk Antropologisk Tidsskrift: 205–219. https://www.idunn.no/nat/2019/03-04/classifying_domesticating_and_extirpating_the_zanzibar_leo. 
  10. Pakenham, R.H.W.. The Mammals of Zanzibar and Pemba Islands. Harpenden: Pakenham, 1984. 
  11. Kingdon, J.. Island Africa: The Evolution of Africa's Rare Animals and Plants. Princeton: Princeton University Press, 1989. 
  12. Walsh, M. T.; Goldman, H. V. (2003). "The Zanzibar Leopard Between Science and Cryptozoology". Nature East Africa 33 (1/2): 14–16. https://www.scribd.com/doc/14568104/The-Zanzibar-Leopard-between-Science-and-Cryptozoology/. 
  13. Goldman, H. V.; Walsh, M.T. (1997). A Leopard in Jeopardy: An Anthropological Survey of Practices and Beliefs which Threaten the Survival of the Zanzibar Leopard (Panthera pardus adersi) (Report). Zanzibar Forestry Technical Paper No. 63, Jozani-Chwaka Bay Conservation Project. https://www.scribd.com/doc/17317225/A-Leopard-in-Jeopardy-An-Anthropological-Survey-of-Practices-and-Beliefs-which-Threaten-the-Survival-of-the-Zanzibar-Leopard-Panthera-pardus-adersi/. Qaraldi: 2011-05-29. 
  14. Walsh, M.T. „Killing the King: The Demonization and Extermination of the Zanzibar Leopard“,. Le symbolisme des animaux: L'animal, clef de voûte de la relation entre l'homme et la nature? [Animal symbolism: Animals, keystone of the relationship between man and nature?] Dounias: . Paris: Éditions de l’IRD, 2007 — 1133–1182 bet. 
  15. Walsh, M.; Goldman, H. (2012). "Chasing imaginary leopards: Science, witchcraft and the politics of conservation in Zanzibar". Journal of Eastern African Studies 6 (4): 727–746. doi:10.1080/17531055.2012.729778. 
  16. Nowell, K. „Leopard Panthera pardus (Linnaeus, 1758)“,. Wild Cats: Status Survey and Conservation Action Plan. Gland, Switzerland: IUCN SSC Cat Specialist Group, 1996 — 44–47 bet. 
  17. Marshall, S. (1994). The Status of the Zanzibar Leopard. SIT Tanzania & Commission for Natural Resources, Zanzibar.
  18. Selkow, B. (1995). A Survey of Villager Perceptions of the Zanzibar Leopard. SIT Tanzania & Commission for Natural Resources, Zanzibar.
  19. Goldman, H.V.; Walsh, M.T. (2007). "Human-Wildlife Conflict, Unequal Knowledge and the Failure to Conserve the Zanzibar Leopard (Panthera pardus adersi)". Felid Biology and Conservation Conference, Wildlife Conservation Research Unit. University of Oxford, 17–21 September 2007. https://www.scribd.com/doc/13986864/HumanWildlife-Conflict-Unequalfjfghklghj,bn,b,l-Knowledge-and-the-Failure-to-Conserve-the-Zanzibar-Leopard-Panthera-pardus-adersi/. Qaraldi: 2009-07-23. 
  20. Goldman, H.V.; Walsh, M.T. (2008). "When Culture Threatens the Conservation of Biological Diversity: The Tragic Case of the Zanzibar Leopard (Panthera pardus adersi)". Sustaining Cultural and Biological Diversity in a Rapidly Changing World: Lessons for Global Policy, Thirteenth Annual Symposium of the Center for Biodiversity and Conservation. American Museum of Natural History, New York, 2–5 April 2008. https://www.scribd.com/doc/13986833/When-Culture-Threatens-the-Conservation-of-Biological-Diversity-The-Tragic-Case-of-the-Zanzibar-Leopard-Panthera-pardus-adersi/. Qaraldi: 2009-07-23. 
  21. Walsh, M.T.; Goldman, H.V. (2012). "Chasing Imaginary Leopards: Science, Witchcraft and the Politics of Conservation in Zanzibar". Journal of Eastern African Studies 6 (4): 727–746. doi:10.1080/17531055.2012.729778. 
  22. Walsh, M.T. „Cryptids and credulity: The Zanzibar leopard and other imaginary beings“,. Anthropology and Cryptozoology: Exploring Encounters with Mysterious Creatures Hunt, S.: . London: Taylor & Francis, 2017 — 54–90 bet. DOI:10.4324/9781315567297. ISBN 9781315567297. 

Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]