Zagreb universiteti
Qiyofa
xorvatcha: Sveučilište u Zagrebu | |
|
Huquq fakulteti | |
Xalqaro nomi |
Universitas Studiorum Zagrabiensis |
|---|---|
| Turi | Universitet |
| Asos solingan sanasi | 1669 |
| Rektori | Aleksa Bjeliš |
| Talabalari | 56113 (2004)[1] |
| Joylashuvi | |
| Veb-sayti | unizg.hr |
Zagreb universiteti — Xorvatiyadagi yirik oliy oʻquv yurtlaridan biri. 1669-yil falsafa-teologiya oliy maktabi sifatida Lepoglav shahrida tashkil topgan. Keyinchalik Zagreb shahriga koʻchirilgan. 1874-yilda universitet maqomini olgan. Falsafa, huquqshunoslik, iqtisod, tabiiy fanlar, matematika, tibbiyot, meʼmorlik va boshqa ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Bir nechta ilmiy tadqiqot instituti, kutubxonasi (17-asrda tashkil etilgan, 1 milliondan ortiq asar) bor. 50 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi.[2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Studenti - pregledna tablica za ak. god. 2004./2005.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Oliy oʻquv yurti haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |