Kontent qismiga oʻtish

Zagʻchakoʻz

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Zagʻchakoʻz (Myosotis L.) — govzabondoshlar oilasiga mansub bir-ikki yillik, baʼzan koʻp yillik oʻtlar turkumi. Bargi ketma-ket joylashgan. Guli gajak toʻpgulli, havorang (chala ochilgani pushti). Changchisi nay ichida joylashgan. Mevasi toʻrt boʻlakchali danak. Yer yuzida 40 ga yaqin turi bor (koʻp turlari manzarali oʻsimlik sifatida ekiladi), shundan Oʻzbekistonda 4 turi adir va togʻli hududlaridagi sernam, soya joylarida koʻp oʻsadi. Faqat bitta turi ekinlar orasida uchraydi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil