Yusuf Saryomiy
Yusuf Saryomiy (taxallusi; asl nomi Yusuf mulla Abdushukur oʻtli) [1840, Chimkent viloyati Saryom (Sayram) qishlogʻi — 1912] — XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlari oʻzbek adabiyotining vakili. Shoir muhr yasash va xattotlik qilish bilan hayot kechirgan.
Toshkent, Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Samarqand, Toshkent, Qoʻqon adabiy harakatchiligida faol qatnashgan. "Beklar begi" madrasasida oʻqigan va unga atab sheʼrlar yozgan ("Dar taʼrifi manzari madrasai Bek az Yusuf"). Yu.S. xattotlik — kotiblik bilan kun koʻrgan, kosibchilik, muhrdorlik bilan ham shugʻullangan.
Shoir sheʼrlari hayotligida "Bayoz" (1893), "Armugʻoni Xislat" (1911), "Bayozi Muhallo" (1912), "Bayozi Haziniy" (1912) kabi bayozlarda bosilgan. 1914-yil Tavallo Yu.S. sheʼrlarini toʻplab, "Devoni Mavlavii Yusuf Saryomiy" nomi bilan nashr etgan. Uning toshbosma nusxalari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti (inv. №117, 118, 119, 120, 6028, 9072) va Andijon adabiyot va sanʼat muzeyi (inv. №1720, 2185, 728, 799) da saqlanadi. Kitobga Rasulmuhammad Shoshiy oʻgʻli Mulla Oʻtab xattotlik qilgan.
Sayram tarixi haqidagi xilmaxil maʼumotlarga boy, biroq anʼanaviy diniy mazmunda bitilgan "Risola"ni Yu.S.ga nisbat beradilar. Xalq orasida shoirning gʻoyat hozirjavob, nohaqlikka murosasiz ekanligini tasdiq etuvchi koʻplab rivoyatlar, afsonalar yuradi. Koʻplab gʻazallari ("Yaliyali" kabi) hozir ham el orasida mashhur. Yu.S. nomida koʻcha va maktab bor.
Shoirning ijodiy merosi Tavallo tomonidan tuzilgan «Devoni Mavlaviy Yusuf Saryomiy» (1914)da jam boʻlgan.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Saryomiy Yu. Sheʼrlar. Sayram, 1990.
- Oʻzbek adabiyoti. 4-tom, 1-kitob. Toshkent, 1959.
- Oʻzbek adabiyoti tarixi. 4-tom. Toshkent, 1978.
- Yusuf Saryomiy, Tanlangan asarlar (matn, soʻzboshi, lugʻat, izoh) T.: Maʼnaviyat, 2002.
- Tanlangan asarlar, T., 2002.
Ilmiy adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Zufarov S. Nodir qoʻlyozmalar. «Oʻzbek tili va adabiyoti» jurnali, 1954-yil 4-son.
- Zufarov S. Saryomiy izidan. «[[Toshkent oqshomi]]», 1988-yil 18 iyun.
- Qosimov B. Muhabbat ahlining gulshani. «Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati», 1990-yil 5 oktabr.
- Mirxoldorov M. Sayramlik shoir. «Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati», 1990-yil 10 avgust.
Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Qayyumov P., Tazkirai Qayyumiy [3j.li], 2j., T., 1998;
- Karimbek Kamiy, Dilni obod aylangiz..., T., 1998.
- Begali Qosimov. O'zME. Birinchi jild. Toskent, 2000.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |